Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 21 noyabr
+16°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Joey Chestnut 71 hot-dog yeb chempion bo‘ldi

Dunyo
76
Joey Chestnut 71 hot-dog yeb chempion bo‘ldi
2024 yilning 4 iyul kuni AQShning Nyu-York shahridagi Koni Aylendda an’anaviy ravishda o‘tkazilgan Nathan’s Famous Hot Dog Eating Contest tanlovida Joey "Jaws" Chestnut yana g‘olib bo‘ldi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu tanlov xot-dog yeyish bo‘yicha dunyodagi eng mashhur musobaqalardan biridir. Reuters nashrining ma’lumotiga ko‘ra, 41 yoshli Indianalik chempion 10 daqiqa ichida 71 ta xot-dogni iste’mol qilib, “Gorchitsa belbog‘i”ni qayta qo‘lga kiritdi.

Chestnut bir yil davomida ta’qiq ostida bo‘lganidan keyin musobaqaga qaytdi. O‘tgan yili u o‘simlik asosidagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi Impossible Foods kompaniyasi bilan hamkorlik qilgani sababli ishtirok etishdan chetlatilgan edi.

Uning qaytish sababi haqida u shunday dedi: “Ko‘plab odamlar mening ishtirokimni sog‘inganini bildirishdi. Men ularni xursand qilishga va’da bergandim va umidlarini oqlashni istadim.” Tanlovda ikkinchi o‘rinni Patrick Bertoletti egallab, 46 ta xot-dog yedi.

Ayollar o‘rtasida esa amaldagi chempion Miki Sudo 33 ta, Michelle Lesco esa 22,75 ta xot-dog bilan ikkinchi o‘rinni oldi. Miki Sudo o‘tgan yilgi 51 ta xot-dogdan ancha kam natija ko‘rsatgan bo‘lsa-da, u: “Boshlanishda biroz kuchsiz bo‘ldim, lekin qiyinchiliklarga qaramay harakatimni davom ettirdim va to‘xtamadim,” dedi.

Ushbu musobaqa 1980 yildan buyon har yili 4 iyul – AQShning Istiqlol kuni munosabati bilan o‘tkazilib kelinadi. Nathan’s Famous Hot Dog Eating Contest AQShda milliy an’anaga aylangan va dunyo miqyosida katta qiziqish bilan kuzatiladi.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026