Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+13°
ochiq shamol 1 m/s, shimoli-g‘arb
ENRU

Choy Min Kyung Kim Chen Inni sudga berdi

Dunyo
43
Choy Min Kyung Kim Chen Inni sudga berdi
Shimoliy Koreyadan qochgan va og‘ir sinovlardan o‘tgan Choy Min Kyung ismli ayol mamlakat yetakchisi Kim Chen Inga qarshi Seul shahridagi sudda jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu voqea inson huquqlari himoyachilari va xalqaro jamoatchilik tomonidan katta e’tibor bilan qabul qilindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Choy Min Kyung 1997 yilda Xitoyga qochgan, ammo 2008 yilda majburan Shimoliy Koreyaga qaytarilgan.

Qaytgach, u hibsga olinib, qamoqxonada jinsiy zo‘ravonlik, qiynoqlar va tahqirlarga duch kelgan. Bu jarayon uning ruhiy holatiga jiddiy zarar yetkazgan va hozirda u doimiy dori-darmonlar qabul qilmoqda.

2012 yilda Choy Min Kyung yana Shimoldan qochib, Janubiy Koreyaga ko‘chib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan. 2025 yil 11 iyul kuni esa u Seul sudida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In va to‘rt nafar yuqori lavozimli rasmiyga qarshi fuqarolik va jinoiy ayblovlar bilan murojaat qildi.

Ayolga “Shimoliy Koreya inson huquqlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi markazi” nomli huquqni himoya qilish tashkiloti yordam bermoqda. Ular bu ishni BMT va Xalqaro jinoiy sudga ham olib chiqishni rejalashtirmoqda.

Choy Min Kyung o‘z murojaatida aytishicha, uning harakati inson qadr-qimmatini tiklash va ozodlik yo‘lida muhim qadam bo‘lishini istaydi. U shafqatsiz rejimning qiynoqlaridan boshqalar ham aziyat chekmasligi uchun Kim Chen In va uning hukumatini javobgarlikka tortishni o‘z burchi deb biladi.

So‘nggi yillarda Janubiy Koreya sudlari Shimoliy Koreya rahbariyatiga nisbatan ramziy hukmlar chiqarib kelmoqda. Masalan, 2023 yilda Seul sudi Shimoliy Koreya fuqarolaridan 36 ming dollar undirish to‘g‘risida qaror chiqargan, 2024 yilda esa Yaponiyadan majburan qaytarilgan qochqinlarga 100 million von to‘lash buyurilgan.

Shu bilan birga, Pxenyan bu da’volarga javob bermagan va hukmlarni tan olmagan. Ammo bu holat xalqaro huquq himoyachilari uchun muhim pretsedent hisoblanadi.

Choy Min Kyungning murojaati nafaqat uning shaxsiy huquqiy kurashi, balki Shimoliy Koreyadagi inson huquqlari buzilishiga qarshi kuchli da’vo sifatida baholanmoqda. Uning jasorati boshqa jabr ko‘rganlarga umid va kuch beradi.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026