Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Birkin sumkasi Parijda rekord narxda sotildi

Dunyo
38
Birkin sumkasi Parijda rekord narxda sotildi
Parijdagi Sotheby’s kimoshdi savdosida original Birkin sumkasi rekord darajadagi narxda, ya’ni 10,1 million AQSH dollariga sotildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu tarixdagi eng qimmat qo‘l sumkasi savdosi bo‘lib, moda sohasida yangi cho‘qqini belgiladi. Ushbu qora charm sumka 1985-yilda mashhur britan-fransuz san’atkori Jane Birkin uchun ishlab chiqilgan.

Hikoyaga ko‘ra, Jane Birkin samolyotda Hermes moda uyi rahbari bilan birga uchayotganida, uning sumkasidan buyumlari to‘kilib ketadi. Shundan so‘ng, Hermes bosh direktori unga yanada amaliy va kengroq sumka yaratish g‘oyasini taklif qiladi.

Bu g‘oya qog‘ozga chizilgan eskiz shaklida bo‘lgan. O‘sha eskiz asosida tayyorlangan birinchi prototip sumka Jane Birkinga topshirilganidan keyin, butun dunyo bo‘ylab mashhur “Birkin” brendining paydo bo‘lishiga asos bo‘ldi.

Ushbu noyob prototip sumka 2025-yil iyul oyida Parijdagi Sotheby’s savdosida Yaponiyalik xususiy kolleksioner tomonidan sotib olindi. Savdo davomida 10 daqiqa ichida 9 nafar qat’iyatli xaridor o‘rtasida qizg‘in raqobat yuz berdi.

Oldingi eng yuqori narx 515,5 ming AQSH dollari bo‘lgan bo‘lsa, yangi narx bu ko‘rsatkichni deyarli 20 barobar oshirdi. Sotheby’sning moda va sumkalar bo‘yicha global rahbari Morgane Halimi bu rekord narxni “afsonaning kuchi” deb ta’rifladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Birkin sumkasi zamonaviy modaning eng mashhur belgilaridan biri bo‘lib, nafaqat noyob dizayni, balki o‘ziga xos tarixiy ahamiyatga ham ega. Sumka bir necha egasini almashtirgan, unda Jane Birkinning bosh harflari, yelkama tasmasi, doimo osib yuradigan tirnoq qirqgichi hamda UNICEF va Medecins du Monde tashkilotlariga oid stikerlar saqlanib qolgan.

Jane Birkin ushbu sumkani o‘n yil ishlatgan va 1994-yilda OITSga qarshi xayriya auktsioniga hadya qilgan. Keyinchalik sumka Parijdagi hashamatli butik egasi Catherine Benier tomonidan sotib olinib, 25 yil davomida saqlangan.

Hozirgi kunda Birkin sumkalari yuqori mavqega ega bo‘lib, ularga ega bo‘lish uchun ko‘pincha yillab navbat kutish talab etiladi. Mashhur yulduzlar, jumladan Victoria Beckham, Kate Moss va Jennifer Lopez, bunday sumkalarning faxrli egalari hisoblanadi.

Ushbu tarixiy savdo nafaqat Birkin sumkasining modadagi o‘rnini, balki kolleksionerlar orasidagi qiymatini ham yana bir bor tasdiqladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026