Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+4°
облачно с прояснениями ветер 3 м/с, С
ENRU

Hindistonda erkak yashirincha kelinini o‘g‘irladi

Dunyo
38
Hindistonda erkak yashirincha kelinini o‘g‘irladi
Hindistonda yuz bergan voqea nafaqat oila, balki butun jamiyatning qadriyatlari va e’tiqodini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

55 yoshli Shakil ismli erkak o‘g‘lining turmushga chiqadigan kelini, 22 yoshli Aysha bilan yashirincha qochib ketdi va oilaning qimmatbaho tilla buyumlarini ham olib ketdi. Shakil olti farzand va uch nabiraning otasi bo‘lib, o‘g‘li Aman uchun Aysha ismli qiz bilan tanishishni tashkil qilgan edi.

Biroq, oila a’zolari kelinning ijtimoiy va moliyaviy holati farq qilgani sababli nikohga qarshi edi. To‘yga tayyorgarlik davomida Shakil tez-tez Aysha uyiga borib, turmush o‘rtog‘i bu holatdan shubhalangan.

Aysha bu haqda o‘g‘liga aytgach, Aman otasining telefonidan Ayshaga oid shubhali suratlar va qo‘ng‘iroqlarni topdi. Iyun oyida Shakil “ishga ketaman” deb uydan chiqib, Aysha bilan Dehli shahriga qochdi.

U oilaning 200 ming rupiy miqdoridagi puli va tilla zargarlik buyumlarini ham olib ketgan. Bir necha kundan keyin Shakil xotiniga qo‘ng‘iroq qilib, Ayshaga uylanganini bildirdi.

Xotini esa “Aysha o‘g‘limning kelini bo‘lishi kerak edi, endi esa erimning xotini bo‘ldi” deb norozilik bildirdi. Hindistonda musulmon erkaklarga to‘rtta xotin olishga ruxsat berilgan bo‘lsa-da, boshqa din vakillari uchun ko‘p xotinlilik jinoyat hisoblanadi va yetti yilgacha qamoq jazosi qo‘yilishi mumkin.

Shuningdek, Shakil oilaviy boyliklarni o‘g‘irlashda ham ayblanishi mumkin va bu uchun uch yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin. Mahalliy politsiya hozircha jabrlanuvchilar tomonidan rasmiy shikoyat kelib tushmaganini ma’lum qildi, ammo ariza berilsa, qonuniy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026