Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 23 noyabr
+21°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, janubi-g‘arb
ENRU

AQSh aeroportlarida yovvoyi hayvonlarga qarshi robotlar ishga tushdi

Dunyo
51
AQSh aeroportlarida yovvoyi hayvonlarga qarshi robotlar ishga tushdi
Amerika Qo‘shma Shtatlari aeroportlar xavfsizligini oshirish maqsadida yangi g‘ildirakli robotlardan foydalanishni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu robotlar asosan yovvoyi tabiat va qushlardan kelib chiqadigan xavflarni bartaraf etishga qaratilgan. Aeroportlarda qushlar katta muammo hisoblanadi, chunki ular samolyot motorlariga kirib, jiddiy texnik nosozliklar va hatto halokatli vaziyatlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, qushlar samolyotlarning old shisha panellarini shikastlashi va boshqaruv tizimlariga zarar yetkazishi ehtimoli mavjud. Yerdagi sutemizuvchilar, masalan, qo‘ng‘irlar, kiyiklar va boshqa hayvonlar esa uchish-qo‘nish yo‘laklariga kirib, texnik uskunalarga zarar yetkazishi, shuningdek, yer osti strukturalarini buzishi mumkin.

Yangi ishlab chiqilgan robotlar yovvoyi hayvonlarni aniqlab, ularni aeroport hududidan haydash vazifasini bajaradi. Har bir robot taxminan 3000 AQSH dollariga baholanadi va aeroport atrofini doimiy nazorat qilib, hayvonlar paydo bo‘lganda javob qaytaradi.

Ixtirochilar robotlarni yanada takomillashtirish ustida ishlamoqda. Kelajakda ularga dronlar kabi avtonom harakat qilish, belgilangan yo‘nalishlarga rioya qilish, turli landshaftlarga moslashish, kunlab to‘xtovsiz ishlash va aqlli tanib olish tizimlari qo‘shilishi rejalashtirilgan.

Bunday imkoniyatlar robotlarga turli vaziyatlarda samarali harakat qilish va xavfga qarab eng to‘g‘ri taktika tanlash imkonini beradi. Natijada, aeroportlarda nafaqat hayvonlar, balki insonlarning ham xavfsizligi yanada mustahkamlanadi.

Bu texnologiya aviatsiya sohasida xavfsizlikni oshirishga katta hissa qo‘shadi.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026