Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 8 noyabr
+17°
ясно ветер 2 м/с, В
ENRU

O‘zbekistonlik 66 nafar rossiyalik askar halok bo‘ldi

Dunyo
27
O‘zbekistonlik 66 nafar rossiyalik askar halok bo‘ldi
Ukrainaga qarshi olib borilayotgan urushda Rossiya armiyasi safida jang qilgan 66 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lganligi haqida BBC va Mediazona nashrlari xabar bermoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu urush davomida 118 ming 139 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘lgan, ulardan 500 dan ortig‘i xorij fuqarolaridir. Rossiya armiyasida xizmat qilgan xorijliklar jami 28 davlatdan bo‘lib, qurbonlar soni bo‘yicha Shimoliy Koreya fuqarolari yuqori o‘rinlardan birini egallaydi.

Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lgan shimoliy koreyaliklar soni 600 nafarga yetishi mumkin, ammo bu rasmiy tasdiqlanmagan. Markaziy Osiyo davlatlari orasida Tojikiston 72 nafar qurbon bilan birinchi o‘rinda, O‘zbekiston esa 66 nafar fuqarosi bilan ikkinchi o‘rinda turibdi.

Tojikistondan 43, O‘zbekistondan esa 46 kishi jazoni yengillashtirish va’dasi bilan urushga jalb qilingan. Ularning aksariyati “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi bilan shartnoma tuzgan.

Huquq faollari fikricha, Rossiya urushga migrantlarni jalb etish orqali ularga bosim o‘tkazmoqda. Migrantlarga urushda qatnashish evaziga Rossiyaga kirish taqiqini olib tashlash, fuqarolikni tezlashtirish yoki deportatsiyadan qutulish kabi va’dalar berilgan.

Ba’zi hollarda esa migrantlar Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolashga tahdid ostida majburlangan. MDHdan tashqaridagi yo‘qotishlar orasida eng ko‘p qurbon Nepalga to‘g‘ri keladi — 70 kishi, shuningdek, 50 nafar nepallik bedarak yo‘qolgan.

Nepal hukumati Rossiyaga DNK namunalarini yuborib, o‘z fuqarolarini aniqlashga harakat qilmoqda. Gruziya fuqarolari orasida ham 63 nafar yo‘qotish mavjud.

Ularning aksariyati 1990-yillarda Gruziya nazoratidan chiqqan Janubiy Osetiya va Abxaziya hududlaridan bo‘lib, Kavkazdan jalb etilganlar orasida professional harbiylar va sobiq ofitserlar ham bor. Rossiya armiyasi tarkibida jang qilganlar orasida Afrikaning bir necha mamlakatlaridan, jumladan Efiopiya, Zambiya, Markaziy Afrika Respublikasi, Tanzaniya va Togo fuqarolari ham bor.

Shri Lanka hukumati 288 nafar iste’fodagi harbiy fuqarosining Rossiyaga yollanganini, ulardan 16 nafari halok bo‘lganini ma’lum qildi. BBC xabariga ko‘ra, Rossiya safida bir necha amerikaliklar ham bor.

Ukraina armiyasi tarkibida esa 2-3 ming atrofida amerikalik ko‘ngilli jang qilmoqda. Bundan tashqari, Rossiya qurolli kuchlarida xizmat qilib urushda halok bo‘lgan 54 nafar Ukraina fuqarosi aniqlangan.

Ular urush boshlanishidan oldin Ukraina nazoratidagi hududlarda ro‘yxatda bo‘lgan shaxslardir. Ushbu statistik ma’lumotlar Rossiya- Ukraina urushining global miqyosda ko‘plab insonlarning hayotiga qanday og‘ir ta’sir ko‘rsatayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026