Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 21 noyabr
+16°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Xitoyda 15177777777 raqami rekord narxda sotildi

Dunyo
54
Xitoyda 15177777777 raqami rekord narxda sotildi
Xitoyda juda kam uchraydigan va ramziy ahamiyatga ega bo‘lgan mobil telefon raqami — 15177777777 — rekord narxda sotildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu raqam Ali Auction onlayn savdo platformasida 3,2 million yuanga, ya’ni taxminan 440 ming AQSH dollariga xarid qilindi. Bu haqda Kursiv.media xabar berdi.

Mazkur raqam mamlakatdagi eng yirik aloqa operatorlaridan biri bo‘lgan China Mobile tomonidan taqdim etilgan. Raqam 8 ta ketma-ket 7 raqamidan tashkil topgani sababli Xitoyda “omadli raqamlar” ro‘yxatida 12-turkumga kiritilgan.

An’anaviy xitoy madaniyatida 7 raqami omad va muvaffaqiyat ramzi hisoblanadi. Qiziq jihati shundaki, raqamni sotib olgan shaxs uni mulk sifatida emas, balki 20 yillik foydalanish huquqi sifatida qabul qiladi.

Shartnomaga ko‘ra, har oy 1500 yuan, ya’ni taxminan 206 dollar miqdorida to‘lov amalga oshiriladi. Bundan tashqari, raqamni boshqa shaxsga rasmiy ravishda o‘tkazish faqat 5 yil o‘tganidan keyin mumkin bo‘ladi.

Keyingi rasmiylashtirish jarayoni uchun ham kamida 5 yil kutish talab etiladi. Haridorning shaxsiyati oshkor qilinmagan.

Mutaxassislarning fikricha, Xitoyda bunday noyob raqamlar nufuz, ijtimoiy maqom va boylik belgisi sifatida yuqori baholanadi. Bu raqamga ega bo‘lish ko‘pincha obro‘li shaxslar yoki yirik kompaniyalar uchun investitsiya sifatida qaraladi.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026