ENRU

Reykjanesda yana vulqon otilishi boshlandi

Dunyo
77
Reykjanesda yana vulqon otilishi boshlandi
Islandiyaning janubiy-g‘arbida joylashgan Reykjanes yarim orolida yana bir bor vulqon otilishi qayd etildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu 2023 yil oxiridan beri hududda yuz bergan to‘qqizinchi vulqon faolligi hisoblanadi, deb The Guardian xabar berdi. Islandiya Meteorologiya Instituti ma’lumotlariga ko‘ra, portlash mahalliy vaqt bilan soat 04:00 da boshlandi.

Lavalar yer yuzasidagi yoriqdan otilib chiqqanligi jonli efirda ko‘rsatildi. Keyinchalik asosiy yoriq uzunligi 2,4 kilometrga yetgani, shuningdek, yaqin atrofda 500 metrlik ikkinchi yoriq ham paydo bo‘lgani aniqlangan.

Havoda zaharli gazlar yuqori darajada bo‘lgani sababli, aholi uyda qolishga chaqirildi. Mashhur Blue Lagoon kurorti va unga yaqin joylashgan Grindavik qishlog‘i evakuatsiya qilindi.

Politsiya komissari Margret Kristin Paulsdottirning so‘zlariga ko‘ra, taxminan 100 kishi xavfsiz joyga ko‘chirildi. Ba’zi sayyohlar hududga kirishdan to‘xtatildi.

Islandiya Meteorologiya Instituti geofizigi Benedikt Ofeigssonning ta’kidlashicha, bu portlash avvalgilarga nisbatan kuchsizroq bo‘lib, muhim infratuzilmalarga tahdid solmayapti. So‘nggi portlash aprel oyida ro‘y bergan edi.

Joriy haftada e’lon qilingan xavf bahosida kuzgacha yangi otilish kutilmagani qayd etilgan. Reykjanesdagi vulqonlar 800 yil davomida sukut saqlagan, ammo 2021 yil martidan boshlab hududda faollik kuchaygan.

Mutaxassislar bu hududda “yangi vulqon davri” boshlanganini ta’kidlamoqda. RUV xabariga ko‘ra, bugungi otilish xalqaro aviaparvozlarga ta’sir qilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 2010 yildagi portlash global aviatashuvlarga jiddiy zarar yetkazgan edi. Islandiyada jami 33 ta faol vulqon tizimi mavjud bo‘lib, bu Yevropadagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Mamlakat Yevroosiyo va Shimoliy Amerika tektonik plitalari orasidagi Atlantika o‘rta tog‘ tizmasi ustida joylashgan.

O‘xshash yangiliklar

Eron Hurmuz bo‘g‘ozida BAAga tegishli yirik kemani cho‘ktirdi
Eron Hurmuz bo‘g‘ozida BAAga tegishli yirik kemani cho‘ktirdi
Strategik jihatdan g‘oyat muhim hisoblangan Hurmuz bo‘g‘ozida navbatdagi jiddiy dengiz hodisasi yuz berdi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Eron harbiy kuchlari Birlashgan
DunyoKecha, 23:44
Britaniyalik olimlar Marokashda yangi timsoh turini topdi
Britaniyalik olimlar Marokashda yangi timsoh turini topdi
Britaniyalik olimlar Yerda 170 million yil avval yashagan timsohlarning yangi turini aniqladi. Uning tishlari shu qadar ingichka bo‘lganki, tishkovlagichlarni eslatgan.
DunyoKecha, 07:56
Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida Ramzes II haykalining qoldiqlari topildi
Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida Ramzes II haykalining qoldiqlari topildi
Misrning Nil deltasi hududidagi Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida qariyb 3 ming yillik tarixga ega bo‘lgan ikki ulkan qirollik haykalining qoldiqlari topildi. Birinchi
DunyoKecha, 07:10
Nyu Yorkdagi ko‘chaga O‘rgimchak odam nomi berildi
Nyu Yorkdagi ko‘chaga O‘rgimchak odam nomi berildi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahridagi Kvins tumanida joylashgan ko‘chalardan biriga dunyoga mashhur komiks qahramoni O‘rgimchak odam sharafiga ramziy ma’noda uning nomi berildi. Bu haqda
DunyoKecha, 03:19
Germaniya minglab suriyaliklarni qochqinlik maqomidan mahrum etmoqda
Germaniya minglab suriyaliklarni qochqinlik maqomidan mahrum etmoqda
Germaniya hukumati mamlakatda istiqomat qilayotgan minglab suriyalik fuqarolarni qochqinlik maqomidan mahrum etish va ularni o‘z vataniga majburiy tartibda qaytarish jarayonini boshladi. Bu haqda
DunyoKecha, 02:33
Britaniyada qurg‘oqchilik sabab bronza davriga oid qishloq topildi
Britaniyada qurg‘oqchilik sabab bronza davriga oid qishloq topildi
Buyuk Britaniyada joriy yilning yoz faslida kuzatilgan g‘ayritabiiy issiq ob-havo va davomli qurg‘oqchilik kutilmagan tarixiy yangilikka sabab bo‘ldi. Angliyaning
DunyoKecha, 02:21