Bugun
«Qizilqum» «Lokomotiv» bilan durang o'ynadi
+10°
ясно ветер 2 м/с, Ю
ENRU

Ukrainada Yuliya Sviridenko bosh vazir etib tasdiqlandi

Dunyo
35
Ukrainada Yuliya Sviridenko bosh vazir etib tasdiqlandi
Ukrainada siyosiy jarayonlar faollashmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Oliy Rada 17 iyul kuni 39 yoshli Yuliya Sviridenko nomzodini mamlakat bosh vaziri sifatida tasdiqladi. Bu haqda rasmiy manbalarda xabar berildi.

Bir kun oldin Denis Shmigal boshchiligidagi hukumat iste’foga chiqqani e’lon qilingan edi. Yangi bosh vazir sifatida tayinlangan Yuliya Sviridenko yangi hukumat tarkibini parlamentga taqdim etdi va 253 deputat uni qo‘llab-quvvatladi.

Qabul qilingan qaror asosida bir qator vazirliklar va ularning rahbarlari ham rasmiy ravishda tasdiqlandi. Yangi hukumat tarkibida muhim lavozimlarga quyidagi shaxslar tayinlandi: Mixaylo Fyodorov bosh vazirning birinchi o‘rinbosari va raqamli transformatsiya vaziri, Oleksiy Kuleba mamlakatni tiklash va hududiy rivojlanish bo‘yicha o‘rinbosar, Taras Kachka Yevropa va Yevroatlantika integratsiyasi bo‘yicha vazir, Matvey Bedniy yoshlar va sport vaziri, German Galushchenko adliya vaziri, Svetlana Grinchuk energetika vaziri sifatida faoliyat yuritadi.

Shuningdek, Natalya Kalmikova faxriylar ishlari bo‘yicha vazir, Igor Klimenko ichki ishlar vaziri, Oksen Lisoviy ta’lim va fan vaziri, Viktor Lyashko sog‘liqni saqlash vaziri, Sergey Marchenko moliya vaziri, Oleksiy Sobolev iqtisodiyot va atrof-muhit vaziri hamda Denis Ulyutin ijtimoiy siyosat, oila va birlik vaziri lavozimlariga tayinlandi. Mudofaa vazirligi tarkibi kengaytirilib, unga Strategik sanoat vazirligi funksiyalari qo‘shildi.

Ushbu yo‘nalishga “Ukroboronprom” rahbari German Smetanin rahbarlik qilmoqda. Prezident Vladimir Zelenskiy yangi hukumatga qurollarni mustaqil ishlab chiqarish va jang maydonida mahalliy qurollar ulushini 50 foizga yetkazish vazifasini berdi.

Hozirda mahalliy qurollar ulushi 40 foizni tashkil qiladi, ammo davlat rahbari tezroq natija kutmoqda. Ukraina Konstitutsiyasining 114-moddasiga muvofiq, vazirlik rahbarlari, mudofaa va tashqi ishlar vazirlari tashqari, bosh vazir tavsiyasiga ko‘ra Oliy Rada tomonidan tasdiqlanadi.

Mudofaa va tashqi ishlar vazirlari prezident tavsiyasiga binoan alohida ovoz bilan tasdiqlanadi. Tashqi ishlar vaziri lavozimida Andrey Sibiqa o‘z o‘rnini saqlab qolgan bo‘lsa, mudofaa vaziri lavozimiga Denis Shmigal tayinlanishi taklif qilinmoqda.

Yangi hukumat va uning ustuvor yo‘nalishlari Ukraina siyosiy hayotida yangi davr boshlanishidan dalolat beradi. Kelajakda bu o‘zgarishlar qanday natijalar berishini vaqt ko‘rsatadi.

O‘xshash yangiliklar

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kechasi soat millarini bir soat orqaga surib, qishki vaqt rejimiga o'tdi. Bryusselda soat 03:00 da millar 02:00 ga qaytarildi.
DunyoBugun, 01:46
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59