Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 8 noyabr
+17°
ясно ветер 2 м/с, В
ENRU

Wonsan Kalma kurorti xorijiylarga vaqtincha yopildi

Dunyo
49
Wonsan Kalma kurorti xorijiylarga vaqtincha yopildi
Shimoliy Koreya rasmiylari 2025-yil 1-iyulda ochilgan Wonsan Kalma dengizbo‘yi turistik hududini xorijiy sayyohlar uchun vaqtincha yopdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda mamlakatning rasmiy turizm sayti ma’lumot berdi. Dastlab ushbu kurort mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun ochiq bo‘lishi haqida xabar berilgan bo‘lsa-da, hozirda u faqat ichki sayyohlik uchun faoliyat yuritmoqda.

Wonsan Kalma kurorti Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In tomonidan iqtisodiyotni turizm orqali jonlantirish maqsadida amalga oshirilgan muhim loyihalardan biridir. O‘tgan hafta bu hududga ilk rossiyalik sayyohlar tashrif buyurgani haqida xabarlar tarqaldi.

Uchrashuvlar vaqtida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Wonsanni “ajoyib sayyohlik maskani” deb ta’riflab, uning rus sayyohlar orasida mashhurlashishiga umid bildirdi. Moskva va Pxenyan o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar joriy oy oxirida yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.

Rossiyalik turistik kompaniyalar yaqin oylar uchun bir nechta sayohatlarni rejalashtirgan. Wonsan shahri Shimoliy Koreyaning sharqiy sohilida joylashgan bo‘lib, harbiy obyektlar va yirik port infratuzilmalari bilan mashhurdir.

Bu shahar Kim Chen Inning bolaligi o‘tgan joy hisoblanadi. Yangi kurort hududi 4 kilometr uzunlikdagi sohil bo‘ylab qurilgan mehmonxonalar, restoranlar, savdo markazlari va suv bog‘ini o‘z ichiga oladi.

Davlat ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, bu joy bir vaqtning o‘zida 20 ming mehmonni qabul qilish imkoniyatiga ega. Biroq, qurilish ishlari 2018-yildan beri davom etayotgan bo‘lib, inson huquqlari tashkilotlari ishchilarning majburiy va og‘ir sharoitda mehnat qilayotgani haqida tanqidlar bildirgan.

24-iyun kuni kurortning ochilish marosimida Kim Chen In oilasi a’zolari va Rossiya elchilari ishtirok etdi. Shimoliy Koreya o‘tgan yili pandemiyadan keyin ilk bor rossiyalik sayyohlarga kirishga ruxsat bergan, 2025-yil fevralida esa Avstraliya, Germaniya, Fransiya va Britaniyadan ham mehmonlar qabul qilingan edi.

Ammo bir necha hafta o‘tib, bu tashriflar to‘xtatildi. Buning sababi hozircha ma’lum emas.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026