Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 25 noyabr
+13°
qisman bulutli shamol 2 m/s, shimol
ENRU

Qozog‘istonda oilaviy zo‘ravonlik bo‘yicha sud hukmi chiqdi

Dunyo
51
Qozog‘istonda oilaviy zo‘ravonlik bo‘yicha sud hukmi chiqdi
Qozog‘istonning Ostona shahrida muhim sud jarayoni yakunlandi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Diplomatik faoliyati bilan tanilgan, ilgari BAAdagi elchixonada ishlagan Saken Mamash ayolga nisbatan qiynoqlar va zo‘ravonlikda ayblanib, sud tomonidan 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi. U jazoni o‘rtacha xavf darajasidagi jazo muassasasida o‘taydi va birinchi darajali maslahatchi unvonidan mahrum qilindi.

Sudda Mamashga nisbatan jinoyat Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi bo‘yicha qo‘yildi. Ushbu modda jismoniy va ruhiy qiynoqlar uchun 4 yildan 7 yilgacha qamoq jazosini nazarda tutadi.

Sud hukmida aytilishicha, 2019 yildan 2024 yilgacha bo‘lgan davrda Mamash turmush o‘rtog‘i Karina Mamashga rashk sababli doimiy zo‘ravonlik qilgan. Sudda uning xotiniga nisbatan muntazam ravishda mushtlagani, tanasining turli qismlariga va boshiga zo‘ravonlik bilan zarba bergani tasdiqlandi.

Shuningdek, u Karinaning yaqinlari bilan aloqasini cheklab, telefon va ijtimoiy tarmoqlardagi yozishmalarini nazorat qilgan. Karina Mamash bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda videomurojaat qilganidan so‘ng, Saken Mamash Qozog‘istonga chaqirilib, unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Sud jarayonida jabrlanuvchi, guvohlar, ekspert xulosalari, skrinshotlar va videoyozuvlar yordamida uning aybi to‘liq isbotlandi. Hukm e’lon qilingach, Karina o‘z sahifasida: “Endi adolat qaror topdi.

Qo‘llab-quvvatlagan barcha qizlarga, ommaviy axborot vositalariga va menga murojaat qilganlarga minnatdorman. Sevgan inson hech qachon urib-solmaydi,” deb yozdi.

Bu voqea jamiyatda oilaviy zo‘ravonlikka qarshi mustahkam pozitsiya shakllanayotganini ko‘rsatmoqda. Qozog‘istonda ayollar va bolalar huquqlarini himoya qiluvchi yangi qonunlar qabul qilinib, zo‘ravonlikka qarshi kurashda muhim natijalar mavjud.

Shuningdek, inqiroz markazlari va huquqni himoya qiluvchi faollar faoliyatlari zo‘ravonlikka javobsiz qolmasligini ta’minlamoqda. Bu esa mamlakatdagi ijtimoiy muhitni yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026