Bugun
Gnabri Kompani boshqaruvini yuqori baholadi
+26°
ясно ветер 3.1 м/с, ЮВ

Sovuq kunlarda organizmni qanday ovqatlar bilan isitish kerak?

Foydali
115
Sovuq kunlarda organizmni qanday ovqatlar bilan isitish kerak?
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi havo harorati pasaygan hozirgi kunlarda qanday ovqatlanish lozimligi haqida tavsiyalar berdi. Mutaxassislarning aytishicha, sovuqda organizm ko‘p energiya sarflab, issiqlikni saqlash uchun qo‘shimcha vitamin va oqsillarga muhtoj bo‘ladi. Shuning uchun issiqlik baxsh etuvchi mahsulotlarni iste’mol qilish muhim.

Bunday mahsulotlar tarkibiga grechka, jo‘xori yormasi, yerqalampir, sarimsoqpiyoz, baliq, mol va qo‘y go‘shti, tovuq go‘shti, sut mahsulotlari, mayiz, zanjabil choyi va qahva kiradi. Shuningdek, xamirli ovqatlar ham tanani isitadi.

Sovuq mavsumda achchiq ziravorlardan, masalan, qizil va qora qalampir, zanjabil, dolchin kabi mahsulotlardan foydalanish tavsiya etiladi. Ushbu ziravorlar qonni yaxshiroq aylantirib, tananing tezroq qizishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, tovuqli sho‘rva va boshqa proteinlarga boy taomlar immunitetni kuchaytirishga yordam beradi.

Mutaxassislar sovuq kunlarda organizmni qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘proq issiq va to‘yimli taomlarni iste’mol qilishni, shakarni esa kamaytirishni maslahat beradi. Issiq qahva esa tetiklikni oshiradi va organizmni iliq tutishga yordam beradi.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Sovuq kunlarda qanday ovqatlanish kerak?
Sovuq kunlarda qanday ovqatlanish kerak?
Sovuq kunlarda ovqatlanishga oid tibbiyot fanlari doktori Ilhom Otajonovning tavsiyalari asosida quyidagi fikrlar xulosa qilinadi: 1. Issiqlik baxsh etuvchi mahsulotlar: Tanani isituvchi mahsulotlar
Foydali 21:30, 14-01-2025
2025 yil uchun Ramazon taqvimi — saharlik va iftorlik vaqtlari, duolari
2025 yil uchun Ramazon taqvimi — saharlik va iftorlik vaqtlari, duolari
O‘zbekiston musulmonlari idorasi ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda Ramazon oyi 11 mart kuni boshlanadi. “Turkiy davlatlar ulamolari fiqhiy qoidalarga tayangan holda falakiy hisob-kitob va astronomik
Jamiyat 22:40, 1-03-2025
Qora avtomobillar shaharda havoni ko‘proq isitadi
Qora avtomobillar shaharda havoni ko‘proq isitadi
Lissabon universiteti olimlari avtomobillar rangining shaharlardagi havo haroratiga ta’sirini o‘rganishdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, qora rangli avtomobillar
Dunyo 22:20, 28-08-2025
Ramazonda to‘g‘ri ovqatlanishning 9 ta oltin qoidasini bilasizmi?
Ramazonda to‘g‘ri ovqatlanishning 9 ta oltin qoidasini bilasizmi?
Uzoq soatlik ochlikdan so‘ng turli taomlarga boy iftorlik dasturxoni Ramazonda sog‘lom ovqatlanish haqidagi orzularni yo‘qqa chiqarishi mumkin, deya xabar berdi Sanepidqo‘mita axborot xizmati.
Jamiyat 00:24, 4-03-2025
Uyqu, vitamin, moddalar yetishmovchiligi organizmga qanday ta’sir qiladi?
Uyqu, vitamin, moddalar yetishmovchiligi organizmga qanday ta’sir qiladi?
Sakkiz soat uxlaysiz, sog‘lom ovqatlanasiz va sport bilan shug‘ullanasiz, lekin baribir o‘zingizni energiya tejash rejimidagi smartfondek his qilasizmi? Gap faqat vitaminlar va minerallarda emas.
Foydali 19:37, 28-02-2025