Bugun
Gavi tizzasi yaxshilandi, jarrohlik kechikmoqda
+20°
ясно ветер 1 м/с, С

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotidan tuz iste'moli boʻyicha yangi tavsiyalar

Foydali
131

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotidan tuz iste'moli boʻyicha yangi tavsiyalar
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) tuz iste'moli boʻyicha yangi tavsiyalar berdi. Yiliga 1,9 millionta oʻlim holati yuqori natriy iste'moli bilan bogʻliq deb yozadi Daryo nashri.

Shunga qaramay, dunyo boʻylab kunlik oʻrtacha natriy iste'moli 4,3 grammni tashkil etmoqda. Bu JSSTning 2 grammlik tavsiyasidan 2 barobar yuqoridir. Maqsadga yaqinlashish uchun JSST endi odamlarga uy tuzini natriy miqdori kam boʻlgan muqobilga almashtirishni tavsiya qilmoqda.

Natriy muhim mineral hisoblanadi, lekin boshqa barcha moddalar singari uni ham ortiqcha iste'mol qilib boʻlmaydi. Asosiy xavf yurak kasalliklari va qon bosimi bilan bogʻliq.

Garvard jamoat salomatligi maktabiga koʻra, ortiqcha natriy, avvalo, buyraklarni haddan tashqari zoʻriqtiradi. Organizm natriyni suyultirish uchun koʻproq suv saqlab qoladi, bu esa qon hajmini va u bilan birga qon bosimini oshiradi. Yurak shuncha koʻp qonni haydash uchun kuchliroq ishlashga majbur boʻladi. Vaqt oʻtishi bilan bu qon tomirlariga shikast etkazadi va yurak xurujlari, insult hamda yurak yetishmovchiligiga sabab boʻlishi mumkin.

Bundan tashqari, peshob bilan kaltsiy yoʻqotilishi tufayli surunkali buyrak kasalligi va osteoporoz xavfi ham mavjud. Shuningdek, Butunjahon saraton tadqiqotlari jamgʻarmasi tuzlangan goʻsht kabi tuz miqdori yuqori boʻlgan mahsulotlarning oshqozon saratoni bilan bogʻliqligini aniqlagan.

Aslida, natriy nafaqat tuzda, balki boshqa koʻplab mahsulotlarda ham mavjud, shu sababli uning iste'molini nazorat qilish juda qiyin.

Yangi taklif shundan iboratki, odamlarga oddiy natriy xloridning bir qismi kaliy xlorid bilan almashtirilgan, kaliy bilan boyitilgan tuzni ishlatish tavsiya etilmoqda.

Kaliy ham organizm uchun foydali mineral hisoblanadi, ammo koʻpchilik uni etarli miqdorda iste'mol qilmaydi. Bu giperkaliyemiyaga koʻproq moyil boʻlgan buyrak muammolari bor kishilarga toʻgʻri kelmasligi mumkin.

JSST ilk bor tuz oʻrnini bosuvchilardan foydalanish boʻyicha global tavsiyalarni e'lon qildi. Shuningdek, tashkilot natriy iste'molini kamaytirish uchun bir nechta foydali maslahatlarni keltirib oʻtdi:

  • oʻta ishlov berilgan oziq-ovqatlardan saqlanish;
  • dasturxonlardan tuzdonlarni olib qoʻyish;
  • ovqat tayyorlashda kamroq tuz ishlatib, koʻproq ziravor qoʻshish;
  • kaliy bilan boyitilgan tuzga oʻtish;
  • mahsulotlarda natriy miqdori kam koʻrsatilgan belgilarni izlash;
  • yodlangan tuzdan foydalanish.


2024 yil JSST ekspertlari tuzni haddan tashqari koʻp iste'mol qilish gipertoniya va boshqa yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanishiga olib kelishini aytgandi. Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyoda 30 yoshdan 69 yoshgacha boʻlgan yurak-qon tomir kasalliklaridan oʻlish ehtimoli Gʻarbiy Evropaga qaraganda deyarli 5 baravar yuqori.

Gipertoniya Evropa mintaqasida barcha oʻlimlarning deyarli toʻrtdan bir qismini va nogironlarning 13 foizini tashkil qiladi. Aksariyat yevropaliklar koʻp tuz iste'mol qiladi va 30-79 yoshdagi har uchinchi odam gipertoniyadan aziyat chekadi.

👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

China Eastern Airlines Sian-Toshkent yo‘nalishini ochdi
China Eastern Airlines Sian-Toshkent yo‘nalishini ochdi
China Eastern Airlines aviakompaniyasi ilk bor Sian va Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha reysni amalga oshirdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati ma’lumotlariga
Oʻzbekiston 14:43, 17-07-2025
The CUBE o‘yinida Toshkent muzeyi arxitekturasi aks etdi
The CUBE o‘yinida Toshkent muzeyi arxitekturasi aks etdi
So‘nggi kunlarda xalqaro o‘yin jamoatchiligida Mundfish studiyasining yangi loyihasi The CUBE reklama kampaniyasi faol muhokama qilinmoqda. Bu haqida Upl.uz xabar berdi. E’tiborni tortgan
Madaniyat 20:03, 12-07-2025
The CUBE o‘yinida Toshkent muzeyi tasviri paydo bo‘ldi
The CUBE o‘yinida Toshkent muzeyi tasviri paydo bo‘ldi
Xalqaro o‘yin jamoatchiligida so‘nggi kunlarda Mundfish studiyasining yangi loyihasi The CUBE reklamasi keng muhokama qilinmoqda. Bu haqida Upl.uz xabar berdi. E'tibor markazida promo
Madaniyat 06:36, 19-08-2025
Assort Health sun’iy intellekt bilan tibbiyotda innovatsiya yaratdi
Assort Health sun’iy intellekt bilan tibbiyotda innovatsiya yaratdi
Assort Health kompaniyasi bemorlar bilan muloqotni avtomatlashtirish uchun sun’iy intellekt texnologiyasidan foydalanadi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Ushbu startap B seriyasi investitsiya
Texnologiya 17:37, 27-08-2025
Oziq-ovqat xavfsizligi qonuni birinchi o‘qishda rad etildi
Oziq-ovqat xavfsizligi qonuni birinchi o‘qishda rad etildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 1997 yildan beri amal qilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy bazani tubdan yangilash maqsadida taqdim etilgan yangi qonun
Jamiyat 13:46, 30-07-2025