Bugun
«Real Madrid» «Roma»ga qarshi 4:3 g‘alaba qozondi
+22°
ясно ветер 3 м/с, СЗ
ENRU

Andijon kiyim-kechak ishlab chiqarishda yetakchiga aylandi

Iqtisodiyot
25
Andijon kiyim-kechak ishlab chiqarishda yetakchiga aylandi
O‘zbekistonning yirik sanoat tarmoqlaridan biri bo‘lgan kiyim-kechak ishlab chiqarish sohasida Andijon viloyati 2025-yilda yetakchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili mamlakat bo‘ylab yirik korxonalar tomonidan jami 43,1 trillion so‘mlik kiyim-kechak mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 21,7 foizga oshgan.

Mazkur sohada Andijon viloyati eng katta ulushga ega bo‘lib, bu yerda 19,7 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Viloyatlar kesimida ishlab chiqarish hajmi quyidagicha taqsimlangan: Namangan viloyati — 3,9 trillion so‘m, Toshkent viloyati — 3,6 trillion so‘m, Toshkent shahri — 2,9 trillion so‘m, Farg‘ona viloyati — 2,8 trillion so‘m, Navoiy viloyati — 2,1 trillion so‘m, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari — 1,8 trillion so‘mdan.

Qolgan viloyatlarda esa ishlab chiqarish hajmi 1 trillion so‘mdan kamni tashkil etgan. Andijon viloyatining ushbu sohadagi ulushi respublika bo‘yicha umumiy ko‘rsatkichning qariyb 46 foizini tashkil qilmoqda.

Bu esa viloyatning tikuvchilik va yengil sanoat sohasidagi imkoniyatlari, ishchi kuchi va ishlab chiqarish quvvatlarining yuqori ekanligini yaqqol namoyon etadi.

O‘xshash yangiliklar

O‘zbekistonda issiqxona xo‘jaliklari uchun soliq va energiya imtiyozlari berildi
O‘zbekistonda issiqxona xo‘jaliklari uchun soliq va energiya imtiyozlari berildi
O‘zbekistonda issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni jalb etish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda One.uz xabar
IqtisodiyotKecha, 16:46
O‘zbekistonda xalqaro kuryerlik jo‘natmalari uchun bojxona yig‘imi kamaytiriladi
O‘zbekistonda xalqaro kuryerlik jo‘natmalari uchun bojxona yig‘imi kamaytiriladi
O‘zbekistonda 2024-yilning 1-noyabridan boshlab xalqaro kuryerlik jo‘natmalarini bojxonada rasmiylashtirish uchun undiriladigan yig‘im miqdori 20 foizga kamaytiriladi.
IqtisodiyotKecha, 15:38
O‘zbekistonda issiq suv va isitish tizimi tariflari oshirilishi kutilmoqda
O‘zbekistonda issiq suv va isitish tizimi tariflari oshirilishi kutilmoqda
O‘zbekistonda 2026-yilning 1-noyabridan boshlab markazlashtirilgan isitish tizimi va issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun tariflarni o‘rtacha 30 foizga oshirish taklif etilmoqda. Bu haqda One.uz
Iqtisodiyot23:31, 13-10-2026
Markaziy bank xorijiy valyutalarning so'mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi
Markaziy bank xorijiy valyutalarning so'mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2026-yil 14-oktabr kunidan boshlab amal qiladigan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi. Mazkur
Iqtisodiyot18:58, 13-10-2026
Yangi Toshkentda tadbirkorlar uchun infratuzilma to'lovlari keskin kamaytirildi
Yangi Toshkentda tadbirkorlar uchun infratuzilma to'lovlari keskin kamaytirildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar va investorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot davomida Yangi Toshkent hududida biznes faoliyatini yuritish uchun misli ko‘rilmagan yengilliklar berilishini
Iqtisodiyot23:58, 12-10-2026
O'zbekistonda avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi sezilarli oshdi
O'zbekistonda avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi sezilarli oshdi
O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–avgust oylari davomida 811,3 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarildi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,6 foizga oshdi. Bu haqda One.uz
Iqtisodiyot11:49, 12-10-2026