Markaziy bank dollar kursini 46 so'mga pasaytirdi

O‘zbekiston Markaziy banki 2026 yil 22 oktyabr kuni uchun xorijiy valyutalarning rasmiy kurslarini e’lon qildi. Bu haqda One.uz xabar beradi.
Dollar kursi 46,79 so‘mga pasayib 11 965,51 so‘mni tashkil etdi. Boshqa valyutalar o‘zgarishi Yevro kursi 29,72 so‘mga arzonlab 13 437,27 so‘mga tenglashtirildi.
Rossiya rubli esa 0,63 so‘mga qimmatlab 145,96 so‘m bo‘ldi. Funt sterling kursi 2,19 so‘mga oshib 16 029,00 so‘mni tashkil etdi.
Yapon iyenasi 0,18 so‘mga pasayib 75,78 so‘mga, Shveysariya franki 70,89 so‘mga arzonlab 14 510,68 so‘mga, Xitoy yuani esa 6,47 so‘mga kamayib 1 792,29 so‘mga belgilandi.





