Bugun
Eron josuslikda gumon qilingan shaxsni qo‘lga oldi
+4°
ясно ветер 4.1 м/с, В

Ayollarni kamsituvchi video jamiyatga zarar yetkazmoqda

Jamiyat
17
Ayollarni kamsituvchi video jamiyatga zarar yetkazmoqda
Yaqinda tarqalgan videorolikda ayollarni bozor joyida sotilayotgandek ko‘rsatish na kulgi, balki chuqur nafrat uyg‘otadi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Bu oddiy bir hazil yoki satira emas, balki ayollarga nisbatan ochiqdan-ochiq kamsitish va jinsiy tengsizlikni targ‘ib qilishdir. Bunday mazmundagi kontent jamiyatimizda qabul qilinsa, bu ijtimoiy qadriyatlarning pasayishiga olib keladi.

Mazkur videoning mualliflari buni hazil va satira deb oqlashga harakat qilishdi. Biroq videoga berilgan izoh bu da’voni tasdiqlamaydi.

Video davomiyligi va mazmunidan ko‘rinib turibdiki, uni tayyorlashda bir guruh odamlar qatnashgan va ularning fikrlash doirasi juda cheklangan. Bunday videolar nafaqat madaniyat va insonparvarlik darajasining pastligini ko‘rsatadi, balki ayniqsa yoshlar orasida salbiy xulq-atvorni shakllantirishga xizmat qiladi.

Jinsiy kamsitish va ayollarga nisbatan haqoratlarni ommaviy joylarda targ‘ib qilish jiddiy ijtimoiy muammolarga olib kelishi mumkin. Bu esa gender tengsizlikni kuchaytiradi va noto‘g‘ri stereotiplarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Jamiyatimizda bunday salbiy holatlarning oldini olish uchun madaniyat va hurmat tamoyillarini mustahkamlash zarur.

O‘xshash yangiliklar