Bugun
AQSh Saudiya uchun ilg‘or dronlarni sotishni boshlaydi
+20°
ясно ветер 2.1 м/с, В

O‘zbekistonliklar uchun xalqaro kruiz ish imkoniyati yaratildi

Jamiyat
12
O‘zbekistonliklar uchun xalqaro kruiz ish imkoniyati yaratildi
O‘zbekiston fuqarolari O‘rta yer dengizi, Skandinaviya va Karib havzasidagi kruiz kemalarida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Ingliz tilini biladigan fuqarolar xalqaro kruiz kemalarida rasmiy tarzda ishga joylashishlari mumkin. Yangi hamkorlikning asosiy afzalliklaridan biri vizalar bilan bog‘liq jarayonlarning soddalashtirilishidir.

C1/D turistik tranzit vizasi ish beruvchi tomonidan 45 dan 90 kungacha bo‘lgan muddatga rasmiylashtiriladi, bu esa chet elga chiqish jarayonini ancha yengillashtiradi. O‘zbekiston Migratsiya agentligi va Makedoniyaning Kouzon Corporation kompaniyasi o‘rtasida mehnat faoliyatini tashkil etish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.

Bu hamkorlik orqali fuqarolarimiz uchun chet elda ishlash imkoniyatlari kengayadi. Yaqin kelajakda loyiha ijrosini batafsil ko‘rsatadigan yo‘l xaritasi ishlab chiqiladi.

Kruiz kemalaridagi ish sharoitlari quyidagicha: - boshlang‘ich oylik maosh 1200 dollardan boshlanadi va 6 oylik shartnoma asosida belgilanadi; - shartnoma tugagach, ikki oylik ta’til beriladi, undan so‘ng yangi 6 oylik shartnoma tuzilishi mumkin; - ish tajribasi oshgani sayin maosh 4000 dollargacha yetishi mumkin; - barcha yashash xarajatlari ish beruvchi kompaniya tomonidan qoplanadi. Kouzon Corporation 28 yillik tajribaga ega bo‘lib, 18 mamlakatda faoliyat yuritadi va malakali mutaxassislarni kruiz sanoatiga tayyorlash hamda ishga joylashtirish bo‘yicha ishonchli hamkor hisoblanadi.

Kompaniya har yili dunyo bo‘ylab 20 mingdan 25 minggacha odamga ish bilan ta’minlaydi, bu uning yuqori professional darajasini va keng ko‘lamli faoliyatini ko‘rsatadi. Kouzon Corporation hamkorlik qilayotgan kruiz kemalari O‘rta yer dengizi, Tinch okeani, Skandinaviya, Baltika va Karib havzasidagi mashhur sayyohlik yo‘nalishlarini xizmat qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Yeva Jobs Buyuk Britaniya chempioni bilan turmush qurdi
Yeva Jobs Buyuk Britaniya chempioni bilan turmush qurdi
Iyul oyining oxirida Apple kompaniyasi asoschilaridan biri, marhum Stiv Jobsning kichik qizi Yeva Jobs turmushga chiqdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Uning turmush o‘rtog‘i Buyuk Britaniyaning
Dunyo 15:33, 5-08-2025
Faraday Future FX 4: Tesla Model Y'ga raqobatchi yangi elektromobil
Faraday Future FX 4: Tesla Model Y'ga raqobatchi yangi elektromobil
Faraday Future kompaniyasi o'zining yangi FX 4 elektromobilini taqdim etdi, deb auto.mail.ru xabar berdi. Ushbu yangi krossover Tesla Model Y'ga raqobatchi sifatida ko'rilayotgan
Avto 06:36, 4-06-2025
Union Pacific va Norfolk Southern kompaniyalari birlashmoqda
Union Pacific va Norfolk Southern kompaniyalari birlashmoqda
Amerikaning eng yirik temiryo‘l yuk tashuvchi kompaniyalaridan bo‘lgan Union Pacific va Norfolk Southern kompaniyalari mamlakat bo‘ylab Sharqdan G‘arbgacha yagona milliy temiryo‘l tizimini yaratish
Dunyo 22:54, 24-07-2025
Lamine Yamal FIFA 2026 uchun Visa’ning global elchisi bo‘ldi
Lamine Yamal FIFA 2026 uchun Visa’ning global elchisi bo‘ldi
FIFA 2026™ chempionati boshlanishiga aniq 1 yil qolganida, Visa (NYSE: V) dunyo futbolidagi eng yorqin yosh iste’dod Lamine Yamalni o‘zining global elchisi sifatida tanladi, deb xabar berdi
Sport 16:00, 13-06-2025
Ayollar uchun 4000 ta davlat granti ajratiladi
Ayollar uchun 4000 ta davlat granti ajratiladi
Ayollar hayotida muhim o‘zgarishlarga sabab bo‘ladigan qaror qabul qilindi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Prezident farmoyishiga binoan, joriy yilda mamlakatdagi xotin-qizlar uchun 4000 ta davlat
Oʻzbekiston 15:25, 19-07-2025
02:32
AQSh Saudiya uchun ilg‘or dronlarni sotishni boshlaydi
02:27
G‘azoda urush odamlar hayotini qiyinlashtirdi