Bugun
Storojuk: Konate «Ahmat»ga qaytgani quvonchli
+36°
ясно ветер 5.1 м/с, СЗ

Buxoroda xavfli haydovchi haydovchilikdan mahrum qilindi

Jamiyat
6
Buxoroda xavfli haydovchi haydovchilikdan mahrum qilindi
Buxoro viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzgan shaxsga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgani ma’lum qilindi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda "Spark" avtomobilining haydovchisi M-37 avtomobil yo‘lida xavfli va takroriy harakatlarni amalga oshirayotgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu harakatlar natijasida haydovchi bir necha marotaba avariyaviy vaziyatlar yuzaga keltirgan va boshqa yo‘l harakati ishtirokchilari hayotiga xavf solgan.

Hodisa Buxoro viloyatida sodir bo‘lgan. Mazkur holat bo‘yicha fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik kodeksining "Yo‘l harakati xuliganligi" moddasiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Shuningdek, uning avtomobili jarima maydonchasiga joylashtirildi. Ushbu modda bo‘yicha jarima miqdori 25 bazaviy hisoblash miqdorini, ya’ni 9 375 000 so‘mni tashkil etadi va haydovchilik guvohnomasidan 1 yildan 2 yilgacha mahrum qilish jazosi qo‘llaniladi.

Boshqarma tomonidan aytib o‘tilishicha, ushbu haydovchi haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgan.

O‘xshash yangiliklar

Citizen Kane filmidagi Rosebud chang‘i 14,75 mln dollarga sotildi
Citizen Kane filmidagi Rosebud chang‘i 14,75 mln dollarga sotildi
Gollivud tarixidagi eng mashhur kino rekvizitlardan biri hisoblangan 1941 yilda suratga olingan “Citizen Kane” filmidagi “Rosebud” chang‘i Heritage Auctions auksionida 14,75 million dollarga
Dunyo 16:35, 17-07-2025
Cobalt uchun shartnoma olish rasman ochildi
Cobalt uchun shartnoma olish rasman ochildi
Cobalt uchun shartnoma olish boshlandi: Driver's Village'da Midnight pozitsiyasiga (4 pozitsiya) shartnoma rasman ochdi. UzAuto Motors rasmiy avtosalonl orqali Cobalt shartnoma olish
Avto 19:30, 28-04-2025
Chevrolet yangi Spark EUV’ni taqdim etdi
Chevrolet yangi Spark EUV’ni taqdim etdi
Chevrolet o‘zining yangi ixcham krossoverini taqdim etdi. Biroq, model to‘liq amerikaliklar tomonidan ishlab chiqilmagan – u aslida xitoylik Baojun Yep Plus bo‘lib, Chevrolet brendi ostida
Avto 04:12, 13-02-2025
AQSHga kuchli tornado yopirildi, o‘nlab qurbonlar bor (foto)
AQSHga kuchli tornado yopirildi, o‘nlab qurbonlar bor (foto)
Missuri shtati yo‘l patruli Ozark, Batler, Ueyn va Jefferson okruglarida 12 kishining o‘limini tasdiqladi. Kanzasda chang to‘zoni paytida sodir bo‘lgan avtohalokatlar oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi,
Dunyo 08:56, 16-03-2025
Ikkilamchi bozorda Onix, Lacetti, Cobalt, Nexia, Spark va Damas narxi arzonlashdi
Ikkilamchi bozorda Onix, Lacetti, Cobalt, Nexia, Spark va Damas narxi arzonlashdi
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2025 yilning fevral oyida ikkilamchi bozordagi avtomobillar narxlarining o‘zgarishi tahlil qilindi. Mahalliy ommabop
Avto 14:43, 18-03-2025