Bugun
3D texnologiyalar Deyv Richardsning yuzini tikladi
+14°
дымка ветер 5.1 м/с, СЗ

Urganchda oziq-ovqat do‘konida yong‘in o‘chirildi

Jamiyat
11
Urganchda oziq-ovqat do‘konida yong‘in o‘chirildi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati inson hayoti saqlab qolinganini ma’lum qildi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

2024 yil 29 iyul kuni soat taxminan 17:30da Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Urganch shahridagi “Navbahor” ko‘chasida joylashgan oziq-ovqat muassasasidan yong‘in haqida xabar kelib tushdi. Voqea joyiga 4 daqiqa ichida Favqulodda vaziyatlar xodimlari yetib borib, kuchli yong‘inni o‘chirishga kirishdilar.

Yong‘in o‘chirilar ekan, bir fuqaro omon qolgan. Soat 18:01 atrofida yong‘in to‘liq nazoratga olinib, o‘chirilgan.

Hech kim jarohat olmagan. Yong‘inning kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori tergov jarayonida aniqlanadi.

Yong‘in joylashgan bino, u yerda faoliyat yuritayotgan turli tashkilotlar va tadbirkorlik sub’ektlarining katta qismi yong‘indan saqlab qolindi.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar