Bugun
Oliver Kan "Bavariya"ning asosiy raqiblarini sanab o‘tdi
+24°
ясно ветер 1 м/с, С

Andijonda bolalarni o‘g‘irlash haqidagi xabar yolg‘on ekanligi aniqlandi

Jamiyat
3
Andijonda bolalarni o‘g‘irlash haqidagi xabar yolg‘on ekanligi aniqlandi
Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarga izoh berildi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida bolalarni o‘g‘irlashda gumon qilingan fuqaro qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqaldi. Biroq, mazkur holat bolalarni o‘g‘irlash bilan bog‘liq emasligi aniqlangan va tarqatilgan ma’lumotlar yolg‘on ekani ma’lum qilindi.

Ichki ishlar boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 31 iyul kuni soat taxminan 15:40da Shahrixon tumanidagi "Chuzha" mahallasida yashovchi fuqaro qisqa raqam "102"ga qo‘ng‘iroq qilib, noma’lum ayol uyning ichiga kirgani haqida xabar bergan. Holat yuzasidan inspektor voqea joyiga yuborilgan.

Voqea joyiga yetib kelgan xodimlar noma’lum ayolning ruhiy kasallik bilan og‘riganligi va 1986 yilda tug‘ilgani, Shahrixon tumani "Buston" mahallasida yashashi aniqlanganini bildirgan. Ushbu fuqaro 2019 yildan buyon tibbiy nazoratda turadi.

Shu kuni ayol Andijon viloyat psixonevrologiya dispanseriga davolanish uchun yuborilgan. Mazkur holat bo‘yicha boshqa tarqalgan ma’lumotlar noto‘g‘ri hisoblanadi va ishonchsizdir.

Ichki ishlar boshqarmasi aholidan faqat rasmiy manbalarga tayanishni so‘raydi.
[lang=ru,en]

[/lang]

O‘xshash yangiliklar

Universal studiyasi Jeyson Born franshizasi huquqidan mahrum bo‘ldi
Universal studiyasi Jeyson Born franshizasi huquqidan mahrum bo‘ldi
Gollivudning eng mashhur franshizalaridan biri — Jeyson Born seriali bo‘yicha huquqlar endi Universal studiyasiga tegishli emas, deb xabar beradi The Hollywood Reporter. Franshiza taqdiri noma’lum,
Madaniyat 22:26, 21-03-2025
Citizen Kane filmidagi Rosebud chang‘i 14,75 mln dollarga sotildi
Citizen Kane filmidagi Rosebud chang‘i 14,75 mln dollarga sotildi
Gollivud tarixidagi eng mashhur kino rekvizitlardan biri hisoblangan 1941 yilda suratga olingan “Citizen Kane” filmidagi “Rosebud” chang‘i Heritage Auctions auksionida 14,75 million dollarga
Dunyo 16:35, 17-07-2025
“Bayer” Xabi Alonsoga o‘rinbosar qidirmoqda: short-listdagi nomlar maʼlum bo‘ldi
“Bayer” Xabi Alonsoga o‘rinbosar qidirmoqda: short-listdagi nomlar maʼlum bo‘ldi
Madridning “Real” klubi Xabi Alonsoni yangi mavsumda jamoaga bosh murabbiy sifatida taklif qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalishi ortidan “Bayer” rahbariyati ehtimoliy o‘zgarishlarga
Sport 19:48, 1-05-2025
Sarviqomat boʻlishning siz bilmagan 5 ta siri (diyetologlar buni aytmaydi)
Sarviqomat boʻlishning siz bilmagan 5 ta siri (diyetologlar buni aytmaydi)
Sogʻlom ovqatlanish va toʻgʻri parhez tutish asoslarini oʻrganuvchi diyetologiya ortiqcha vazn bilan kurashishning koʻplab usullari haqida ma'lumot beradi. Tavsiyalar orasida faol turmush
Foydali 18:05, 20-02-2025
Koul Palmer bobosining vatani Sent-Kitsda
Koul Palmer bobosining vatani Sent-Kitsda
Angliya terma jamoasi va "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Koul Palmer Sent-Kits va Nevis kichik orollarida qahramon sifatida kutib olindi. Bu haqida Euro-football.ru xabar berdi. Klub
Sport 00:26, 16-07-2025