
Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati tomonidan noqonuniy tamaki mahsulotlari aylanmasining oldi olingani haqida ma’lumot berildi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.
Pap tuman boshqarmasi xodimlari va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda maxsus tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida "Kamchik" o‘tkazish punktida joylashgan DPX doimiy postida "Lacetti" rusumli avtomobil to‘xtatilib, tekshiruv o‘tkazildi.
Avtomobil haydovchisi ilgari jinoyat javobgarligiga tortilgani aniqlangan. Ushbu shaxs noqonuniy tamaki mahsulotlari aylanmasiga aloqadorlikda gumon qilinayotgan edi.
Avtomobil tekshiruv natijasida haydovchi Toshkent shahriga kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan xorijiy ishlab chiqarilgan 5 ming quti sigaretni tashiyotgani ma’lum bo‘ldi. Aniqlangan barcha tamaki mahsulotlari dalil sifatida musodara qilindi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “Etanol spirtini, alkogol va tamaki mahsulotlarini noqonuniy aylanmasi yoki ishlab chiqarilishi” moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.