Bugun
Rahimov: G‘alabamiz haqli, lekin asabiy kechdi
+29°
ясно ветер 4.1 м/с, С

O‘zbekistonlik erkak Isroilda ayolga hujum qildi

Jamiyat
7
O‘zbekistonlik erkak Isroilda ayolga hujum qildi
Isroil prokuraturasi 26 yoshli O‘zbekiston fuqarosiga qarshi ayblov e’lon qildi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Bu holat mamlakatning markaziy tumanidagi Netaniya shahrining Einshteyn bog‘ida sodir bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ayblanuvchi jamoat joyida dam olayotgan ayolga hech qanday sabab yo‘qligiga qaramay hujum qilgan.

Sudga taqdim etilgan materiallarda ayol skameykada o‘tirgan paytda, alkogol ta’siri ostida bo‘lgan erkak uning yonidan o‘tib ketgani qayd etilgan. Bir ozdan so‘ng u qaytib kelib, ayol bilan gaplashmasdan yuz sohasiga zarba bergan.

Jabrlanuvchi darhol politsiyaga murojaat qilgan. Politsiya hodisa joyiga yetib borib, qisqa vaqt ichida gumondorni ushlagan.

Dastlabki tergov harakatlaridan so‘ng, erkak qamoqqa olingan. Tergov davomida sud tergovning bir necha bor hibs muddatini uzaytirish so‘rovlarini qanoatlantirgan.

2025 yil 3 avgust kuni markaziy tuman politsiyasining ayblov bo‘limi erkakka rasmiy ayblov qo‘yib, ishni sudga yuborgan. Isroilda 2001 yilda qabul qilingan Jinoyat qurbonlari huquqlari to‘g‘risidagi qonun amalda.

Ushbu qonun jabrlanuvchiga ish jarayoni haqida ma’lumot olish, himoyalanish va sudda o‘z fikrini bildirish, jumladan zarar haqida bayonot berish huquqini kafolatlaydi.
[lang=ru,en]

[/lang]

O‘xshash yangiliklar

“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi o‘z ijtimoiy sahifasida, jamoa muxlislarining qalbini tezda zabt etgan yosh futbolchi Abduqodir Husanov haqida ilgari hech qayerda chop etilmagan ma’lumotlar, oilaviy
Sport 22:33, 14-03-2025
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
2022 yil 24 fevral kuni ertalab soat 4 larda Rossiya armiyasi Ukraina hududiga hujum boshlagandi. Yurish bir vaqtning o‘zida bir necha yo‘nalishda: janub, sharq va shimoldan olib boriladi. Biroq,
Dunyo 13:41, 28-02-2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Foto: Sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan surat Biznes sheriklar Toshkent shahrida yashovchi Zayni Eshonqulov poyabzal savdosi bilan shug‘ullangan. U poytaxtdagi Eshonguzar bozorida oyoq kiyim
Jamiyat 19:09, 5-04-2025
Xonanda Manzura: “Yosh koʻrinishimning birinchi siri — turmush qurmaganimda”
Xonanda Manzura: “Yosh koʻrinishimning birinchi siri — turmush qurmaganimda”
Xonanda va aktrisa Manzura 21 fevral kuni 47 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan muvaffaqiyatga erishguniga qadar katta qiyinchiliklarni boshdan kechirgan ijodkorning hayot yoʻllariga nazar
Madaniyat 23:10, 24-02-2025
Myanmadagi zilzila qurbonlari soni 144 kishiga yetgani aytildi (foto, video)
Myanmadagi zilzila qurbonlari soni 144 kishiga yetgani aytildi (foto, video)
28-mart kuni Myanma va qo‘shni Tailandda 7,7 va 6,4 magnitudali ikkita kuchli zilzila yuz berdi. Zilzila yirik shaharlarda, jumladan, favqulodda holat rejimi joriy etilgan va aeroportlar faoliyati
Dunyo 01:42, 29-03-2025