Bugun
Talabalarga ijara to‘lovini qoplash imkoniyati yaratildi
+14°
дымка ветер 0 м/с, С

Andijonda erkak bolani urib janjal ko‘tarildi

Jamiyat
18
Andijonda erkak bolani urib janjal ko‘tarildi
Andijon viloyati IIB matbuot xizmatidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarga izoh berildi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahrida bir erkak voyaga yetmagan bolani urgani haqida xabarlar tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu voqea 2023 yil 26 iyul kuni soat taxminan 21:10 da “Z.M.Bobur” mahallasidagi A.Fitrat ko‘chasida joylashgan dorixonada sodir bo‘lgan.

1977 yilda tug‘ilgan erkak voyaga yetmagan bolaga hazil qilish niyatida bo‘lib, bu ularning o‘rtasida janjalga sabab bo‘lgan. Janjal davomida erkak bolaning qadr-qimmatini haqorat qilgan va yuziga zarba bergan.

IIB xodimlari qayd etishicha, bolaning o‘zi va uning ota-onalari hozirga qadar ichki ishlar organlariga ariza bilan murojaat qilmagan. Hozirda Andijon shahar IIB xodimlari ushbu holat bo‘yicha dastlabki tekshiruv olib bormoqda va erkakni qonuniy javobgarlikka tortish choralarini ko‘rmoqda.

Bu ish yuzasidan tergov jarayonlari davom etmoqda. Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar fuqarolarga qonun doirasida harakat qilish va muammolar yuzaga kelganda rasmiy tartibda murojaat qilishni tavsiya qilmoqda.

👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar