Bugun
Li Je Myong Shimoliy Koreya yadroviy ishlab chiqarishni to‘xtatishni qo‘lladi
+25°
пасмурно ветер 3.1 м/с, З

Toshkentda Spark avtomashinasida yong‘in yuz berdi

Jamiyat
15
Toshkentda Spark avtomashinasida yong‘in yuz berdi
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmatidan ma’lum qilinishicha, 2024 yil 5 avgust kuni soat 12:50 atrofida "Spark" rusumli avtomashina yong‘ini haqida xabar kelib tushgan. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Hodisa Mirobod tumani Nukus ko‘chasida sodir bo‘lgan. Voqea joyiga yetib borgan yong‘in-qutqaruv xizmatlari xodimlari tezkor harakat qilib, soat 13:06 da avtomashinani o‘chirishga muvaffaq bo‘lishgan.

Yong‘in natijasida avtomobilning deyarli butun qismi vayron bo‘lgan. Yong‘in sababli hech kim jarohat olmagan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtomashina motor qismida qisqa tutashuv yuzaga kelgan va aynan shu holat yong‘inning boshlanishiga olib kelgan. Hozirda yong‘inning aniq sabablari o‘rganilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi aholiga xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni eslatadi hamda yong‘inlarning oldini olish bo‘yicha choralarga e’tibor qaratishni tavsiya etadi.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Mirzo Ulug‘bekda avtomashina yonib ketdi
Mirzo Ulug‘bekda avtomashina yonib ketdi
Toshkent shahar Favqulodda Vaziyatlar Boshqarmasi matbuot xizmatida ma’lum qilinishicha, 16 iyul kuni soat 00:10 larda Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan Mirzo Ulug‘bek tumanida
Jamiyat 08:31, 16-07-2025
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi o‘z ijtimoiy sahifasida, jamoa muxlislarining qalbini tezda zabt etgan yosh futbolchi Abduqodir Husanov haqida ilgari hech qayerda chop etilmagan ma’lumotlar, oilaviy
Sport 22:33, 14-03-2025
Chevrolet yangi Spark EUV’ni taqdim etdi
Chevrolet yangi Spark EUV’ni taqdim etdi
Chevrolet o‘zining yangi ixcham krossoverini taqdim etdi. Biroq, model to‘liq amerikaliklar tomonidan ishlab chiqilmagan – u aslida xitoylik Baojun Yep Plus bo‘lib, Chevrolet brendi ostida
Avto 04:12, 13-02-2025
Tramp ertaga Putin bilan gaplashishga va’da berdi
Tramp ertaga Putin bilan gaplashishga va’da berdi
Foto: Reuters AQSH prezidenti Donald Tramp 18 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Ukrainadagi urushni to‘xtatish haqida gaplashishni rejalashtirayotganini aytdi. Bungacha AQSH va
Dunyo 22:02, 17-03-2025
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
2022 yil 24 fevral kuni ertalab soat 4 larda Rossiya armiyasi Ukraina hududiga hujum boshlagandi. Yurish bir vaqtning o‘zida bir necha yo‘nalishda: janub, sharq va shimoldan olib boriladi. Biroq,
Dunyo 13:41, 28-02-2025