
Farg‘ona viloyatida «Xavfsiz va sog‘lom mamlakat» oyligi doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tezkor va profilaktik tadbirlar amalga oshirildi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.
Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi. Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda noqonuniy aylanmadan jami 5,454 kilogramm turli xil giyohvand moddalarning olib qo‘yilishiga erishdi.
Shuningdek, o‘tkazilgan tadbirlar davomida 507 dona kuchli ta’sir etuvchi psixotrop preparatlar va 82 ta giyohvand modda saqlovchi o‘simliklar aniqlandi va musodara qilindi. Aniqlangan barcha holatlar bo‘yicha zarur jarayon hujjatlari rasmiylashtirildi.
Hozirda har bir holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Ushbu tadbirlar jinoyatchilikning oldini olish va aholining sog‘lig‘ini himoya qilishga qaratilgan.