Bugun
Qozog‘istonda 4,1 ming o‘zbekistonlik talaba tahsil olmoqda
+5°
дымка ветер 2.1 м/с, В

Ahangaronda gashish bilan shaxs ushlandi

Jamiyat
17
Ahangaronda gashish bilan shaxs ushlandi
Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Ahangaron tumanidagi “Chinor” doimiy post xodimlari tomonidan “Cobalt” rusumli avtomobil to‘xtatilib, tekshirildi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Tekshiruv davomida avtomobil yo‘lovchisining sumkasida noma’lum modda bo‘lgan o‘ram aniqlandi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu o‘ramda 198,11 gramm “gashish” nomli narkotik vosita borligi tasdiqlandi.

Mazkur holat bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Shuningdek, ushbu shaxs ushlandi va Ahangaron tumani ichki ishlar bo‘limiga olib ketildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Narkotik vositalarning miqdori inobatga olinsa, ushbu shaxs giyohvand moddalarni noqonuniy tarqatishda ayblanishi mumkin.

Bunday jinoyat uchun qamoq jazosi, eng ko‘p 20 yilgacha, qo‘llanilishi ehtimoldan holi emas.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar