Bugun
YouTube bloklangan kanallarga qaytish imkonini berdi
+24°
ясно ветер 2.1 м/с, С

O‘zbekiston diplomati Saudiyada ayolni yurtga qaytardi

Jamiyat
17
O‘zbekiston diplomati Saudiyada ayolni yurtga qaytardi
O‘zbekiston diplomatik missiyasi Saudiya Arabistonida uzoq yillar yashab kelgan Samarqandlik fuqaro R. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

G.ga uyda zo‘ravonlik qurboni bo‘lish holatida zudlik bilan yordam ko‘rsatdi. Diplomatik vakillar tezkor harakatlari natijasida ayol o‘z yurtiga muvaffaqiyatli qaytarildi, deb xabar beradi Dunyo axborot agentligi.

Saudiya Arabistoni qonunchiligiga muvofiq, mamlakatdan chiqish uchun xorijiy fuqarolarga maxsus chiqish vizasi talab etiladi, ayollar esa rafiqasining rasmiy roziligini olishi shart. Ushbu muammoni hal etish maqsadida O‘zbekiston diplomatik vakillari Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi va boshqa mas’ul tashkilotlar bilan muzokaralar olib bordi.

R. G.ning ma’lum qilishicha, uning xorijiy fuqarodan bo‘lgan eri hibsga olingan va vaqtincha saqlash izolyatoriga joylashtirilgan.

Surishtiruv jarayonida erkak o‘z rafiqasiga chiqish vizasini berishga, uning O‘zbekistonga qaytishiga to‘sqinlik qilmaslikka va uni keyinchalik ta’qib qilmaslikka majbur qilindi. Zarur hujjatlar olingach, R.

G.ga chiqish vizasi berildi. Diplomatik vakillar ayolning Saudiya Arabistonini xavfsiz tark etishi va Sharjadan tranzit reys orqali Toshkentga muammosiz yetib borishini ta’minlash uchun barcha choralarni ko‘rdi.

Jabrlangan ayol diplomatlarga, O‘zbekiston hukumati va rahbariyatiga chuqur minnatdorligini bildirib, ularning yordami hayotini saqlab qolganini ta’kidladi. Vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosati va “Vatanga qaytish” aksiyasi doirasida uzoqda, qiyin vaziyatga tushgan o‘zbekistonliklar yangi imkoniyat va umidga ega bo‘lmoqda.

👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Yevropa Ittifoqi 150 milliard yevroli SAFE jamg‘armasiga yo‘l ochdi
Yevropa Ittifoqi 150 milliard yevroli SAFE jamg‘armasiga yo‘l ochdi
Yevropa Ittifoqi Kengashi 27 may seshanba kuni qabul qilgan bayonotda Yevropa Ittifoqi tomonidan 150 milliard yevroga teng Security Action for Europe (SAFE) mudofaa jamg‘armasi yaratilishi
Madaniyat 14:41, 28-05-2025
Citizen Kane filmidagi Rosebud chang‘i 14,75 mln dollarga sotildi
Citizen Kane filmidagi Rosebud chang‘i 14,75 mln dollarga sotildi
Gollivud tarixidagi eng mashhur kino rekvizitlardan biri hisoblangan 1941 yilda suratga olingan “Citizen Kane” filmidagi “Rosebud” chang‘i Heritage Auctions auksionida 14,75 million dollarga
Dunyo 16:35, 17-07-2025
Lamine Yamal FIFA 2026 uchun Visa’ning global elchisi bo‘ldi
Lamine Yamal FIFA 2026 uchun Visa’ning global elchisi bo‘ldi
FIFA 2026™ chempionati boshlanishiga aniq 1 yil qolganida, Visa (NYSE: V) dunyo futbolidagi eng yorqin yosh iste’dod Lamine Yamalni o‘zining global elchisi sifatida tanladi, deb xabar berdi
Sport 16:00, 13-06-2025
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
2022 yil 24 fevral kuni ertalab soat 4 larda Rossiya armiyasi Ukraina hududiga hujum boshlagandi. Yurish bir vaqtning o‘zida bir necha yo‘nalishda: janub, sharq va shimoldan olib boriladi. Biroq,
Dunyo 13:41, 28-02-2025
Xitoyda yuqori lavozimli diplomat hibsga olindi
Xitoyda yuqori lavozimli diplomat hibsga olindi
Xitoy siyosiy elitasida muhim o‘zgarishlar yuz bermoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi xalqaro aloqalar bo‘limi rahbari bo‘lgan tajribali diplomat va
Dunyo 21:29, 10-08-2025