
Qashqadaryo viloyatida noqonuniy elektr energiyasi iste’moli aniqlanganligi haqida Uzenergoinspektsiya matbuot xizmati ma’lumot berdi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.
Qashqadaryo viloyati Uzenergoinspektsiyasi boshqarmasi xodimlari va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda elektr ta’minotiga noqonuniy ulanishlarni aniqlash bo‘yicha reydlar o‘tkazdi. Shu jarayonda G‘uzor tumanida "Z.O.R." oilaviy korxonasi noqonuniy elektr energiyasi iste’mol qilayotgani aniqlangan.
Tekshiruvda korxonaning nasos stansiyasi elektr hisoblagichni chetlab o‘tgan holda noqonuniy ulanish orqali ishlayotgani ma’lum bo‘ldi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yetkazilgan zarar miqdori 536 million so‘mni tashkil etadi.
Ushbu holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tergov organlariga yuborildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi (o‘g‘rilik) bo‘yicha aybdor shaxslarga 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.
Ushbu chora qonun doirasida amalga oshiriladi va elektr energiyasining noqonuniy iste’molini oldini olishga qaratilgan.