Bugun
Rossiya raketasi NATO uchun strategik sinov bo‘ldi
+8°
туман ветер 3.1 м/с, С

Qo‘qonda noqonuniy qimor o‘yini to‘xtatildi

Jamiyat
12
Qo‘qonda noqonuniy qimor o‘yini to‘xtatildi
Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmatining xabar berishicha, Qo‘qon shahrida qimor o‘yinlarini tashkil etish bilan bog‘liq guruh aniqlanib, faoliyati to‘xtatildi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus tezkor tadbirda, "Degrezlik" mahallasidagi bir uyda qimor o‘yinlari tashkil etilgani aniqlangan. Tekshiruv davomida ushbu uyda tosh o‘yinlari o‘tkazilgani ma’lum bo‘ldi.

O‘yinda jami o‘n kishi ishtirok etgan, shuningdek, bitta tomoshabin ham bo‘lgan. Har bir o‘yin zarbida 5 mingdan 10 ming so‘mgacha pul tikilgan.

Tadbir davomida jami 4 million 128 ming so‘m mablag‘ ashyoviy dalil sifatida qo‘lga olindi. Mazkur holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qimor o‘yinlarini tashkil etish va o‘tkazish jinoyati uchun Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga muvofiq, tashkilotchiga yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar