
Samarqand viloyati IIB YHXBB matbuot xizmati tomonidan yo‘l harakati qoidalarini jiddiy buzgan shaxsga nisbatan chora ko‘rilgani haqida ma’lum qilindi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida “VAZ-2101” rusumli avtomobil haydovchisi tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzishga oid videorolik tarqaldi. Mazkur haydovchi jamoat foydalanishidagi yo‘lda harakatni to‘sib qo‘ygan va xavfli harakatlar qilgan, bu esa jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin edi.
Ushbu holat yuzasidan haydovchiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va uning avtomobili jarima maydonchasiga joylashtirildi. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik kodeksining “Yo‘l huliganligi” moddasiga ko‘ra, unga 25 baza hisoblash qiymati miqdorida jarima solinishi mumkin, bu taxminan 10 million 300 ming so‘mni tashkil etadi.
Shuningdek, haydovchining haydovchilik guvohnomasi 1 yildan 2 yilgacha muddatga olib qo‘yilishi mumkin. Mazkur ish sudga yuborildi.