Bugun
Buxoroda noqonuniy tamaki va shokoladlar musodara qilindi
+30°
переменная облачность ветер 3.1 м/с, В

Buxoroda noqonuniy tamaki va shokoladlar musodara qilindi

Jamiyat
0
Buxoroda noqonuniy tamaki va shokoladlar musodara qilindi
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi matbuot xizmati tomonidan noqonuniy tovarlar olib kirilishi to‘xtatilgani haqida ma’lum qilindi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

O‘zbekiston va Turkmaniston chegarasida joylashgan Buxoro viloyatidagi “Alat” chegara bojxona postining xodimlari mamlakat hududiga kirayotgan yuk tashuvchi transport vositasida qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazdilar. Yuk hujjatlarida avtomobil ehtiyot qismlari, qurilish materiallari va sovun tayyorlash uchun xom ashyo ko‘rsatilgan edi.

Biroq tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, yuk mashinasida turli ta’mdagi 4,4 tonna kalyan tamaki, shuningdek, Pringles chiplari va Bounty, Mars hamda Twix shokolad batonchiklari borligi ma’lum bo‘ldi. To‘liq ko‘zdan kechirish sababi sifatida yukning maxsus harorat rejimida saqlanishi talab etiladigan refrijerator ichida bo‘lishi ko‘rsatildi.

Hujjatlarda ko‘rsatilgan tovarlar esa bunday sharoitni talab qilmas edi. Aniqlangan va musodara qilingan tovarlarning umumiy qiymati 7,5 milliard so‘mni tashkil qiladi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Rossiyada mashhur shokoladlar do‘konlardan ketishi mumkin
Rossiyada mashhur shokoladlar do‘konlardan ketishi mumkin
Rossiyada mashhur shokolad va shirinliklar savdosi to‘xtatilishi mumkin. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Buning asosiy sababi narxlar bo‘yicha kelishmovchilikdir. Rossiyadagi yirik chakana savdo
Dunyo 06:14, 25-07-2025
O‘zini o‘zini band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari qisqaradi
O‘zini o‘zini band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari qisqaradi
19 mart kuni “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” prezident qarori imzolandi. Tadbirkorlik subyektlarining yiriklashuvini rag‘batlantirish
Iqtisodiyot 19:51, 27-03-2025
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qanday qonun hujjatlari qabul qilindi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qanday qonun hujjatlari qabul qilindi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilingan qator hujjatlar Oliy Majlis Senatiga yuborildi, deya xabar berdi quyi palata matbuot xizmati. Oliy Majlis Qonunchilik
Oʻzbekiston 23:51, 26-01-2025
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
2022 yil 24 fevral kuni ertalab soat 4 larda Rossiya armiyasi Ukraina hududiga hujum boshlagandi. Yurish bir vaqtning o‘zida bir necha yo‘nalishda: janub, sharq va shimoldan olib boriladi. Biroq,
Dunyo 13:41, 28-02-2025
O‘zbekistonga tovarlarni bojsiz olib kirishning yangi normalari belgilandi
O‘zbekistonga tovarlarni bojsiz olib kirishning yangi normalari belgilandi
O‘zbekiston hukumati samolyot va poyezdda kelayotgan jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyoji uchun notijorat maqsadlarda respublikaga olib kiriladigan tovarlarning bojsiz olib kirish
Iqtisodiyot 07:42, 20-04-2025