Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 25 noyabr
+3°
туман ветер 1 м/с, В

Chirchiqda profilaktika inspektori jinoyatchini ushladi

Jamiyat
11
Chirchiqda profilaktika inspektori jinoyatchini ushladi
Toshkent viloyati IIB matbuot xizmatida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarga izoh berildi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

22-avgust kechasi 23-avgustga o‘tar kechasi Chirchiq shahrida profilaktika inspektori jinoyat sodir etgan va tergov organlaridan yashiringan fuqaroning shaxsi aniqlangan. Ichki ishlar xodimi ushbu shaxsni ushlash va hududiy ichki ishlar bo‘limiga olib borishga harakat qilgan.

Biroq, jinoyatchi qarshilik ko‘rsatib, xizmat avtomobiliga zarar yetkazgan. Hodisa natijasida hech kim jarohat olmagan, fuqaro belgilangan tartibda ichki ishlar bo‘limiga olib borilgan.

Uning ustidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Oldin ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda.

Tegishli idorada ta’kidlanishicha, mazkur voqea ichki ishlar xodimlarining maxsus reydi yoki operatsiyasi emas, balki kundalik ish faoliyati davomida uchraydigan holatlardan biridir.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar