Bugun
Yaponiya foiz stavkasini oshirishi kutilmoqda
+14°
дымка ветер 1 м/с, ЮВ

Koshkupirda voyaga yetmagan bola avtomobil haydadi

Jamiyat
18
Koshkupirda voyaga yetmagan bola avtomobil haydadi
Xorazm viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilinishicha, Koshkupir tumanida yolovchi avtomobilini boshqarayotgan voyaga yetmagan bola aniqlangan. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Yo‘l-patrul xizmati xodimi tomonidan to‘xtatilgan "Damas" rusumli avtomobilni boshqarayotgan shaxs 8-sinf o‘quvchisi bo‘lgan voyaga yetmagan bola ekani aniqlangan. Bundan tashqari, avtomobilda yana uch nafar voyaga yetmagan bola bo‘lib, ular tumanda sayr qilgan.

Mazkur holat bo‘yicha bolaning ota-onasiga nisbatan ma’muriy tartibda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Shuningdek, ota-onalar va bola bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan.

Ichki ishlar organlari ota-onalarga o‘z farzandlariga nisbatan mas’uliyatli bo‘lishni va ularni transport vositalarini boshqarishga yo‘l qo‘ymaslikni tavsiya qiladi. Bunday holatlar og‘ir oqibatlarga, hatto o‘limga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantiriladi.

Har bir ota-ona farzandining xavfsizligi ustuvor bo‘lishi lozim.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar