
Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmatidan olingan ma’lumotga ko‘ra, 2023 yil 25 avgust kuni soat 11:40 atrofida Farg‘ona shahridagi Islom Karimov ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.
Harakatlanish vaqtida “Tracker” rusumli avtomobil yonib ketdi. Yong‘in salon ichida boshlangani sababli haydovchi avtomobil ustidan boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi yashil hududga chiqib ketdi.
Hodisa joyiga uch daqiqa ichida Favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari yetib bordi va bir daqiqa ichida yong‘inni bartaraf etdi. Soat 11:45 da avtomobil to‘liq o‘chirilgan edi.
Yong‘in natijasida haydovchi tanasining 20 foizida kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi. Yong‘inning kelib chiqish sabablari hozirda aniqlanmoqda.