
Ichki ishlar vazirligi Namangandagi voqea yuzasidan rasmiy izoh berdi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.
14 avgust kuni 34 yoshli Namanganlik O. A.
oilaviy mojaro sababli ichki ishlar bo‘limiga olib kelingan. Ma’lum qilinishicha, profilaktik suhbatdan so‘ng, u o‘sha kuni uyiga qaytarilgan.
Biroq, 16 avgustda O. A.
sog‘ligining yomonlashuvi sababli tibbiy yordamga murojaat qilgan. Hududiy Ombudsman vakili vaziyatni shaxsan nazoratga olgan.
U barcha holatlarni o‘rganib, Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi va shahar prokuraturasiga rasmiy so‘rovlar yuborgan. Tekshiruv natijasida Chust tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori, mayor D.
B. lavozimidan ozod etilgan.
Ombudsman xabariga ko‘ra, uning lavozimidan bo‘shatilishiga xizmat burchiga beparvo va hurmatsiz munosabat, xizmat hududida asossiz yo‘qlik hamda ichki ishlar xodimlari kasbiy va xizmat etikasi kodeksining jiddiy buzilishi sabab bo‘lgan. Hozirda Namangan prokuraturasi O.
A.ga yetkazilgan tan jarohatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘agan. Ish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (“Qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish”) bo‘yicha taqdim etilgan.
Surishtiruv davom etmoqda va voqea tafsilotlari batafsil o‘rganilmoqda.