Bugun
Samarqandda noqonuniy qum qazib olish fosh etildi
+33°
ясно ветер 4.1 м/с, З

Samarqandda noqonuniy qum qazib olish fosh etildi

Jamiyat
0
Samarqandda noqonuniy qum qazib olish fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati tomonidan noqonuniy qum qazib olish holati aniqlangani haqida xabar berildi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Samarqand tumani bo‘yicha Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan dastlabki tekshiruvda, "J.Q." mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan "Ilonsoy-1" qum konidan ruxsatsiz qum qazib olingani aniqlangan. Mazkur faoliyat ajratilgan maydon chegaralaridan tashqarida, maxsus texnika yordamida amalga oshirilgan.

Natijada, noqonuniy ravishda jami 11,2 ming kvadrat metr qum qazib olingan. Departament xabariga ko‘ra, qum qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslarga kiradi va shu tariqa mazkur korxona davlat va jamiyatga katta miqdorda zarar yetkazgan.

Umumiy zarar miqdori 2,8 milliard so‘mni tashkil etadi. Ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “Davlat tashkiloti yoki nodavlat tijorat tashkiloti mansabdor shaxslarining vakolatlaridan suiiste’mol qilishi” va “O‘zini-o‘zi boshqarish” moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Nodavlat tashkilotlarga noqonuniy to‘siqqa jarima joriy etildi
Nodavlat tashkilotlarga noqonuniy to‘siqqa jarima joriy etildi
O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining huquqiy kafolatlarini mustahkamlash maqsadida ularning ishiga to‘siq yaratganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etildi. Bu haqida
Jamiyat 17:55, 25-08-2025
Andijon va Samarqandda elektr energiyasi taloni fosh etildi
Andijon va Samarqandda elektr energiyasi taloni fosh etildi
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Departamentning hududiy bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda katta miqdordagi noqonuniy elektr energiyasi talon-toroj qilinishi
Oʻzbekiston 01:28, 16-08-2025
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qanday qonun hujjatlari qabul qilindi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qanday qonun hujjatlari qabul qilindi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilingan qator hujjatlar Oliy Majlis Senatiga yuborildi, deya xabar berdi quyi palata matbuot xizmati. Oliy Majlis Qonunchilik
Oʻzbekiston 23:51, 26-01-2025
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati
Dunyo 12:33, 28-02-2025
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi o‘z ijtimoiy sahifasida, jamoa muxlislarining qalbini tezda zabt etgan yosh futbolchi Abduqodir Husanov haqida ilgari hech qayerda chop etilmagan ma’lumotlar, oilaviy
Sport 22:33, 14-03-2025
18:34
Avgustda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish zarar yetkazdi
18:31
Hindistonda chiqindi evaziga bepul ovqat tizimi kengaymoqda