Bugun
Shota Rustaveli ko‘chasida transport tizimi yangilanadi
+30°
ясно ветер 4.1 м/с, ЮЗ

Shota Rustaveli ko‘chasida keng qamrovli rekonstruksiya boshlanadi

Jamiyat
0
Shota Rustaveli ko‘chasida keng qamrovli rekonstruksiya boshlanadi
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Shota Rustaveli ko‘chasini keng qamrovli rekonstruksiya qilishni e’lon qildi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Ushbu loyiha transport oqimini samaraliroq tashkil etish hamda barcha yo‘l harakati ishtirokchilari uchun infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan. Rekonstruksiya yakunlangach, ko‘cha 10 ta yo‘l qatnoviga bo‘linadi.

Ulardan 6 tasi avtomobillar uchun, 2 tasi jamoat transportiga ajratilgan bo‘lib, ular markazda joylashadi. Shuningdek, 2 ta yo‘l chetida to‘xtash joylari uchun ajratilgan qatnovlar bo‘ladi.

Loyihada 11 ta yangi avtobus bekati qurilishi, taxminan 500 ta avtomobil uchun to‘xtash joylari tashkil etilishi va maxsus velosiped yo‘laklari barpo etilishi ko‘zda tutilgan. Yo‘l xavfsizligini ta’minlash maqsadida 21 ta piyoda va velosiped o‘tish joylari jihozlanadi.

Ushbu o‘zgarishlar jamoat transportining samaradorligini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi. Transport vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, avtobus qatnovlari soni kuniga 2069 dan 2868 taga, ya’ni 40 foizga ko‘payadi.

Yo‘lovchilar oqimi ikki barobarga oshib, kuniga 300 ming kishiga yetadi. Avtobusda o‘rtacha yo‘l olish vaqti 25 daqiqadan 18 daqiqagacha qisqaradi, o‘rtacha tezlik esa 18,5 dan 23,6 kilometr soatga ko‘tariladi.

Avtobuslar harakati oralig‘i 7 daqiqagacha qisqartiriladi. Bu esa yo‘lovchilarga qulaylik yaratadi hamda transport tizimining samaradorligini oshiradi.

O‘xshash yangiliklar

Shota Rustaveli ko‘chasida keng rekonstruksiya boshlanadi
Shota Rustaveli ko‘chasida keng rekonstruksiya boshlanadi
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Shota Rustaveli ko‘chasini keng qamrovli rekonstruksiya qilishni e’lon qildi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi. Ushbu loyiha transport oqimini
Jamiyat Bugun, 15:41
Shota Rustaveli ko‘chasida transport tizimi yangilanadi
Shota Rustaveli ko‘chasida transport tizimi yangilanadi
Transport vazirligi Shota Rustaveli ko‘chasida olib borilayotgan keng ko‘lamli rekonstruksiya va modernizatsiya ishlarining dastlabki natijalarini e’lon qildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.
Oʻzbekiston Bugun, 15:59
Shota Rustaveli ko‘chasida yo‘l rekonstruksiya bosqichi yakunlandi
Shota Rustaveli ko‘chasida yo‘l rekonstruksiya bosqichi yakunlandi
Shota Rustaveli ko‘chasida rekonstruksiya ishlarining muhim bosqichi yakunlanmoqda. Bu haqida Upl.uz xabar berdi. Poytaxt hokimiyati matbuot xizmati ko‘chadagi rekonstruksiya jarayoni haqida
Jamiyat 01:42, 2-09-2025
Oʻzbekistonda qaysi avtomobillar eng koʻp ishlab chiqarilmoqda?
Oʻzbekistonda qaysi avtomobillar eng koʻp ishlab chiqarilmoqda?
Statistika agentligi Oʻzbekistonda qaysi avtomobillar eng koʻp ishlab chiqarilayotganini ma'lum qildi. E'lon qilingan tahlilga koʻra, Oʻzbekistonda yanvar oyida yengil avtomobillar ishlab
Avto 18:59, 25-02-2025
Avtobus yo‘lagida harakatlanganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
Avtobus yo‘lagida harakatlanganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
Senat yalpi majlisida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlashga hamda jamoat transportidan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan
Jamiyat 19:20, 17-03-2025