
2025 yilning birinchi yetti oyida O‘zbekistonni AQShdan 19,2 ming nafar sayyoh ziyorat qilgan. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.
Bu ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan. O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda, bu ko‘rsatkich 3,3 ming kishi yoki 20,6 foizga oshgani qayd etilgan.
Amerikalik sayyohlarning katta qismi – 15 468 nafari sayohat maqsadida kelgan. Eng ko‘p uchraydigan boshqa sabablar orasida xizmat safarlari 1 832 nafarni tashkil etgan, shuningdek, 1 544 nafar mehmonlar o‘z qarindoshlarini ziyorat qilgan.
Bundan tashqari, O‘zbekistonga 254 nafar talaba ta’lim olish uchun, 81 kishi tijorat faoliyati bilan bog‘liq ishlar uchun, 11 nafar esa davolanish maqsadida kelgan. Ushbu raqamlar mamlakatga kelayotgan amerikalik sayyohlar sonining o‘sishini ko‘rsatadi va turizm hamda boshqa sohalarda aloqalarning rivojlanayotganidan dalolat beradi.