Bugun
Real Tottenxem himoyachisini sotib olmoqchi
+32°
ясно ветер 5.1 м/с, З

Zo‘ravonlikka moyil shaxslarga yangi cheklovlar joriy etiladi

Jamiyat
0
Zo‘ravonlikka moyil shaxslarga yangi cheklovlar joriy etiladi
O‘zbekistonda qonunchilikni kuchaytirish rejalashtirilmoqda, bu orqali jamiyatda xavfsizlikni ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsad qilinmoqda. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari birinchi o‘qishda zo‘ravonlikka moyil shaxslarga yangi cheklovlar joriy etuvchi qonun loyihasini ma’qulladi. Ushbu hujjatning asosiy maqsadi oilaviy zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga qurol sotib olishni taqiqlashdir.

Shuningdek, qonun loyihasida bolalarga nisbatan zo‘ravonlik qilgan fuqarolardan ularning mavjud qurollarini vaqtincha olib qo‘yish nazarda tutilgan. Bundan tashqari, hujjat jamoat joylarida noqonuniy sovuq qurolni olib yurish bilan bog‘liq takroriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni kuchaytiradi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi paytlarda bunday holatlar keskin ko‘paygan. Yana bir muhim o‘zgarish giyohvand moddalar bilan bog‘liq kasalliklarga chalingan shaxslarga taalluqlidir.

Qonun loyihasi sud qarori asosida kamida bir marotaba ma’muriy javobgarlikka tortilganlarni majburiy davolanishga yo‘naltirishni taklif etadi. Deputatlar fikricha, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi jinoyatlarning oldini olishga, mahalla hududlarida jinoyat muhitini yaxshilashga va fuqarolarning hayoti hamda sog‘ligini samarali himoya qilishga yordam beradi.

O‘xshash yangiliklar

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qanday qonun hujjatlari qabul qilindi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qanday qonun hujjatlari qabul qilindi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilingan qator hujjatlar Oliy Majlis Senatiga yuborildi, deya xabar berdi quyi palata matbuot xizmati. Oliy Majlis Qonunchilik
Oʻzbekiston 23:51, 26-01-2025
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida mamlakat xotin-qizlarini tabrikladi. Davlat rahbari
Jamiyat 17:56, 7-03-2025
Noqonuniy qurolga qarshi yangi qonun loyihasi tayyorlandi
Noqonuniy qurolga qarshi yangi qonun loyihasi tayyorlandi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan muhokama qilingan yangi qonun loyihasi jamoat xavfsizligini ta’minlash va fuqarolarning osoyishtaligini mustahkamlashga qaratilgan. Bu haqida
Oʻzbekiston Kecha, 22:24
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati
Dunyo 12:33, 28-02-2025
Ukraina Amerika qurollarisiz omon qoladimi?
Ukraina Amerika qurollarisiz omon qoladimi?
Foto: Getty Images AQSHning keng ko‘lamli urushning uch yili davomida Ukrainaga ko‘rsatib kelingan harbiy yordami to‘xtatilishi mumkin. Har holda, Amerika prezidenti Donald Tramp bu variantni
Dunyo 21:55, 2-03-2025