Bugun
Jek Grilish uchun uch klub raqobat qilmoqda
+32°
пасмурно ветер 2.1 м/с, Ю

Toshkentda elektr uzilishlari sabab va oqibatlari aniqlandi

Jamiyat
0
Toshkentda elektr uzilishlari sabab va oqibatlari aniqlandi
So‘nggi paytlarda Toshkent shahrida elektr ta’minoti ko‘p marotaba uzilib qolmoqda. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Ayniqsa Yunusobod tumanida elektr energiyasi deyarli har kuni o‘chib qoladi. Hududiy elektr tarmoqlari tashkiloti ushbu uzilishlarning sababini ma’lum qildi.

Tashkilot xabariga ko‘ra, elektr uzilishlari asosan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari bilan bog‘liq. Hududlarda ta’mirlash ishlari olib borilayotgani uchun xavfsizlik maqsadida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Shuningdek, tashkilot anomaliy issiqlik tufayli ba’zi avariyalar ham yuz berayotganini ta’kidladi. Biroq, Toshkent aholisi energetika vazirligi va elektr ta’minoti bilan shug‘ullanuvchi boshqa davlat organlarining faoliyatidan norozilik bildirmoqda.

Elektr uzilishlari ko‘p bo‘lishi bilan birga, uylarida kuchlanish darajasi juda past. Hozircha rahbariyat bu muammoni hal qilishga jiddiy e’tibor bermayapti, natijada aholi issiq yoz kunlarida katta qiynalmoqda.

Shu bois, mas’ullar ushbu muammoni tezroq hal etishi zarur. Elektr ta’minotining uzluksiz va sifatli bo‘lishi aholining hayot sifatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega.

O‘xshash yangiliklar

Habi Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klubmi yoki murabbiy?
Habi Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klubmi yoki murabbiy?
Klub yangi murabbiy uchun kerakli futbolchilarni olib beradimi? Murabbiy Leverkuzenda ish bergan uslublarini Madridda qo‘llashda davom etadimi? Madridning «Real» klubi Habi Alonso bilan kelishuvni
Sport 12:40, 2-06-2025
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati
Dunyo 12:33, 28-02-2025
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida mamlakat xotin-qizlarini tabrikladi. Davlat rahbari
Jamiyat 17:56, 7-03-2025
Tez yurishga rag‘batmi bu yoxud yana 10 km/h «pogreshnost» haqida
Tez yurishga rag‘batmi bu yoxud yana 10 km/h «pogreshnost» haqida
Haydovchilar orasida “qonun-qoidalar yumshatilsa, ko‘proq erkinlik bo‘ladi” degan qarashlari juda keng tarqalgan. Ammo bu “erkinlik” jamoat xavfsizligi uchun nechog‘lik xunuk oqibatlar
Jamiyat 19:04, 25-03-2025
O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
O‘zbekiston milliy jamoasi hozirdanoq saralash o‘yinlarida ochko to‘plash bo‘yicha eng yaxshi natijasini qayd etib turganiga qaramay, hal qiluvchi o‘yinlar endi o‘tkaziladi. Futbol bo‘yicha
Sport 18:45, 22-03-2025