Bugun
Vinisius va Mbappe «Real» asosiy tarkibida maydonga chiqadi
+30°
ясно ветер 3.1 м/с, СЗ

Oliy ta’lim muassasalariga yangi talablar joriy qilindi

Jamiyat
15
Oliy ta’lim muassasalariga yangi talablar joriy qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xususiy oliy ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish va nodavlat ta’lim xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan qaror qabul qildi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Ushbu hujjatga ko‘ra, yangi oliy ta’lim muassasalarini tashkil etish jarayoni ikki asosiy bosqichga bo‘linadi: birinchidan, ta’lim muassasasining faoliyatini litsenziyalash; ikkinchidan, uning ta’lim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish. Nodavlat oliy ta’lim muassasalari litsenziya olish uchun endilikda qo‘shimcha va qat’iy talablarni bajarishi shart.

Jumladan, tashkil etilayotgan oliy ta’lim muassasasining konsepsiyasi taqdim etilishi lozim. Unda muassasa nomi, maqomi, boshqaruv tizimi, kadrlar tarkibi, asosiy ta’lim va ilmiy yo‘nalishlar, talabalar qabul qilish parametrlari, ta’lim sifatini ta’minlash tizimi, ta’lim narxi va hisob-kitobi, shuningdek besh yillik rivojlanish strategiyasi kabi muhim jihatlar ko‘rsatib o‘tiladi.

Shuningdek, boshlang‘ich ustav fondi kamida ikki million AQSh dollariga teng mablag‘ni tashkil etishi kerak. Ushbu fond moddiy-texnik baza va ta’lim jarayoni bilan bevosita bog‘liq dasturiy ta’minotni o‘z ichiga oladi.

Ustav fondi talabalar soni ortishi bilan mutanosib ravishda oshiriladi, bu esa muassasaning moliyaviy barqarorligini ta’minlaydi. Bundan tashqari, arizachi 350 ming dollar miqdoridagi mablag‘ni tijorat banklaridagi depozit hisob raqamlarida saqlashi zarur bo‘ladi.

Bu moliyaviy barqarorlik uchun qo‘shimcha kafolat hisoblanadi. Ta’lim jarayoni uchun kamida 5000 kvadrat metr maydondagi bino va inshootlarga ega bo‘lish talab qilinadi.

Bino mulkdori bo‘lish shart emas, uzoq muddatli ijaraga olish yoki bepul foydalanish shartnomalari asosida foydalanish mumkin. Shuningdek, tashkil etilganidan keyingi besh yil davomida oliy ta’lim muassasasi sof yillik daromadining kamida 80 foizini, keyingi yillarda esa 50 foizini asosiy faoliyatni rivojlantirishga yo‘naltirishi lozim.

Ushbu qaror rasmiy e’lon qilinganidan keyin uch oy o‘tib kuchga kiradi. Yangi qoidalar kuchga kirishidan oldin nodavlat ta’lim xizmatlari uchun litsenziyaga ega tadbirkorlar faoliyatini 2026 yil 1 yanvarga qadar yangi litsenziya talab va shartlariga moslashtirishlari lozim.

👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Ledi Gaga Braziliyada tarixiy konsert o‘tkazdi: 2 milliondan ziyod muxlis yig‘ildi
Ledi Gaga Braziliyada tarixiy konsert o‘tkazdi: 2 milliondan ziyod muxlis yig‘ildi
3 may kuni mashhur amerikalik pop yulduzi Ledi Gaga o‘zining faoliyatidagi eng katta va eng shov-shuvli konsertlaridan birini Braziliyaning eng mashhur sohili – Rio-de-Janeyrodagi Kopakabanada
Dunyo 13:06, 5-05-2025
Anchelotti uchun 350-o‘yin: “Real”ning eng muvaffaqiyatli murabbiyi fursatni qanday yopadi?
Anchelotti uchun 350-o‘yin: “Real”ning eng muvaffaqiyatli murabbiyi fursatni qanday yopadi?
Madridning “Real” klubida yana bir tarixiy belgi qayd etildi. La Liganing 35-turida “Barselona”ga qarshi kecha bo‘lib o‘tgan dramatik to‘qnashuv (3:4) Karlo Anchelotti uchun “Qirollik klubi”
Sport 02:33, 12-05-2025
Har kungi 5000 qadam — salomatlikka qo‘yilgan tabiiy investitsiya
Har kungi 5000 qadam — salomatlikka qo‘yilgan tabiiy investitsiya
Muntazam yurish — tana va ruh uyg‘onishi uchun eng sodda va samarali usul Zamonaviy hayotning tezligi, texnologiyalarga bo‘lgan bog‘liqlik va jismoniy faollikning yetishmasligi salomatlik uchun
Foydali 19:11, 17-04-2025
Rossiya osmonidagi havo hujumi xavfi: 350 ta reys bekor qilindi, o‘n minglab yo‘lovchilar sarson bo‘ldi
Rossiya osmonidagi havo hujumi xavfi: 350 ta reys bekor qilindi, o‘n minglab yo‘lovchilar sarson bo‘ldi
Rossiya hududlarida uchuvchisiz uchoqlar (dronlar) tomonidan sodir etilgan hujumlar oqibatida 6 may oqshomidan boshlab mamlakatning yirik aeroportlarida kamida 350 ta reys bekor qilingan. Bu haqda
Dunyo 12:45, 8-05-2025
Saudiya Arabistoni Vinisius uchun 350 million tayyor
Saudiya Arabistoni Vinisius uchun 350 million tayyor
Saudiya Arabistonidan bo‘lgan investorlar braziliyalik futbolchi Vinisius Zuniorning "Al-Ahli" klubiga o‘tishi bilan qiziqish bildirmoqda. Bu haqida Euro-football.ru xabar berdi. TalkSPORT
Sport 02:22, 18-07-2025