Bugun
Liverpul qishda Mark Gehini sotib olmaydi
+28°
ясно ветер 4.1 м/с, З

Toshkentda ekologiya bo‘yicha bepul kurslar boshlandi

Jamiyat
20
Toshkentda ekologiya bo‘yicha bepul kurslar boshlandi
Toshkent shahrida atrof-muhit monitoringi ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan ta’lim loyihasi boshlandi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Ekologiya vazirligi, poytaxt hokimiyati va Zamin jamg‘armasi hamkorligida “Daraxtlar reestri” nomli tashabbus yo‘lga qo‘yildi. Ushbu loyiha doirasida 20 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar uchun yashil o‘simliklarni hisobga olish bo‘yicha bepul o‘quv kurslari tashkil etiladi.

Loyihaga 100 nafar ishtirokchi tanlab olinadi va ular ikki haftalik intensiv kursdan o‘tadi. Kurs dasturida ekologiya va dendrologiya asoslaridan tortib GPS va GNSS uskunalari bilan ishlashgacha bo‘lgan mavzular o‘z ichiga oladi.

O‘quv jarayoni yakunida har bir qatnashchiga malakasini tasdiqlovchi sertifikat beriladi. Ushbu loyiha eng jozibali jihati – ishga joylashish imkoniyatidir.

Kurs bitiruvchilari “Daraxtlar reestri” loyihasi doirasida ikki yilgacha bo‘lgan muddatda maoshli ishga qabul qilinadi. Dasturda qatnashish uchun ekologiya, geodeziya, kartografiya sohalarida asosiy bilimlar va Windows hamda GPS texnologiyalaridan ishonchli foydalanish talab etiladi.

Arizalar 1 iyuldan 10 iyulgacha qabul qilinadi. Hujjatlarni [email protected] elektron pochta manziliga yuborish mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Windows 11 va 10 foydalanuvchilari uchun muhim yangiliklar
Windows 11 va 10 foydalanuvchilari uchun muhim yangiliklar
Microsoft kompaniyasi Windows 11 va Windows 10 operatsion tizimlari uchun katta yangilanishlarni chiqardi. Fevral oyidagi 2025 yilgi apdeyt tizim xavfsizligini mustahkamlash va foydalanuvchilar
Texnologiya 08:23, 16-02-2025
Alif asoschilari Ayan Capital uchun £25 mln jalb qildi
Alif asoschilari Ayan Capital uchun £25 mln jalb qildi
Alif fintech kompaniyasi asoschilari o‘zlarining yangi loyihasi — Ayan Capital uchun xalqaro kredit tashkiloti "Partners for Growth (PFG)"dan 25 million funt sterling miqdorida
Iqtisodiyot 20:17, 8-04-2025
Maxar Technologies Ukrainaga sun’iy yo‘ldosh tasvirlaridan foydalanishni chekladi
Maxar Technologies Ukrainaga sun’iy yo‘ldosh tasvirlaridan foydalanishni chekladi
Amerikaning Maxar Technologies kompaniyasi Ukrainaga o‘zining sun’iy yo‘ldosh tasvirlaridan foydalanishni cheklab qo‘ydi. Bu qarorning qabul qilinishi AQSH hukumati tomonidan Ukrainaga razvedka
Dunyo 22:00, 7-03-2025
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi o‘z ijtimoiy sahifasida, jamoa muxlislarining qalbini tezda zabt etgan yosh futbolchi Abduqodir Husanov haqida ilgari hech qayerda chop etilmagan ma’lumotlar, oilaviy
Sport 22:33, 14-03-2025
Oziq-ovqat xavfsizligi qonuni birinchi o‘qishda rad etildi
Oziq-ovqat xavfsizligi qonuni birinchi o‘qishda rad etildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 1997 yildan beri amal qilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy bazani tubdan yangilash maqsadida taqdim etilgan yangi qonun
Jamiyat 13:46, 30-07-2025