Bugun
BMT Falastin va Isroil uchun yangi deklaratsiyani ma’qulladi
+31°
ясно ветер 4.1 м/с, СЗ

Zargarlik sohasida soliqqa oid yangi tartib joriy qilindi

Jamiyat
14
Zargarlik sohasida soliqqa oid yangi tartib joriy qilindi
O‘zbekistonda qimmatbaho metallar va toshlar aylanmasini, shuningdek zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarilishini tartibga soluvchi qonunchilikda keng qamrovli o‘zgarishlar joriy etilmoqda. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Ushbu chora-tadbirlar sohani rivojlantirishga, shaffoflikni oshirishga hamda qonunbuzarliklarga qarshi samarali kurashishga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2026 yil 1 yanvardan boshlab zargarlik mahsulotlari va qimmatbaho metallar hamda toshlardan tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish bilan bog‘liq qiymat qo‘shilgan soliqdan ozod qilish imtiyozi bekor qilinadi.

Shuningdek, oltindan tayyorlangan zargarlik buyumlarini chakana savdoda sotish uchun belgilangan yig‘im ham bekor qilinadi. Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqarish yoki sotish bilan shug‘ullanadiganlarga to‘langan QQSning 80 foizi avtomatik ravishda respublika byudjetidan qaytarib beriladi.

Ushbu mexanizm 2028 yil 1 yanvargacha amal qiladi va mablag‘lar har oy 25-sanagacha qaytariladi. Bundan tashqari, 2025 yil 1 sentabrdan quyidagi yangiliklar joriy etiladi: yakka tartibdagi tadbirkorlarga zargarlik mahsulotlarini chakana sotish huquqi beriladi; Davlat probir nazorati inspeksiyasi Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida zargarlik buyumlarining probasini tekshirish va muhrlash bo‘yicha joylarda xizmat ko‘rsatishni tashkil etadi; shuningdek, “Soliq” mobil ilovasi orqali qimmatbaho metallar va toshlarga oid qonunbuzarliklar haqida ma’lumot bergan shaxslarga jarimadan undirilib olingan summaning 50 foizi miqdorida mukofot puli to‘lanadi.

Ushbu choralar qonuniy faoliyat yurituvchi sub’ektlarni qo‘llab-quvvatlash va sohada qonunbuzarliklarni kamaytirishga xizmat qiladi.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Yangi O‘zbekiston bog‘ida Navro‘z bayrami tantanasi qanday o‘tdi?
Yangi O‘zbekiston bog‘ida Navro‘z bayrami tantanasi qanday o‘tdi?
Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 21 mart kuni Navro‘z tantanasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, xalqimizni bayram bilan muborakbod
Oʻzbekiston 20:47, 21-03-2025
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi o‘z ijtimoiy sahifasida, jamoa muxlislarining qalbini tezda zabt etgan yosh futbolchi Abduqodir Husanov haqida ilgari hech qayerda chop etilmagan ma’lumotlar, oilaviy
Sport 22:33, 14-03-2025
Namanganda birinchi xalqaro avtofestival boshlandi (foto)
Namanganda birinchi xalqaro avtofestival boshlandi (foto)
Namanganda birinchi xalqaro avtofestival boshlandi. Bu haqda “Daryo” nashri xabar bermoqda. Tadbir Namangan xalqaro aeroportidan shahar markaziga yoʻl olgan avtoparad bilan start oldi. Foto: Oqilxon
Avto 14:53, 23-02-2025
2025 yilning eng ishonchli smartfonlari reytingi
2025 yilning eng ishonchli smartfonlari reytingi
AndroidInsider portali tahririyati "sifati narxiga yarasha" mezoni bo‘yicha 2025 yilning eng ishonchli smartfonlari ro‘yxati (top-5)ni tuzdi. 1-o‘rin: Samsung Galaxy S24 FE Samsung Galaxy
Texnologiya 11:34, 24-03-2025
Ledi Gaga Braziliyada tarixiy konsert o‘tkazdi: 2 milliondan ziyod muxlis yig‘ildi
Ledi Gaga Braziliyada tarixiy konsert o‘tkazdi: 2 milliondan ziyod muxlis yig‘ildi
3 may kuni mashhur amerikalik pop yulduzi Ledi Gaga o‘zining faoliyatidagi eng katta va eng shov-shuvli konsertlaridan birini Braziliyaning eng mashhur sohili – Rio-de-Janeyrodagi Kopakabanada
Dunyo 13:06, 5-05-2025