Bugun
Burchmula tumanida yangi shamol elektr stansiyasi quriladi
+32°
небольшая облачность ветер 2.1 м/с, С

Sevimli TV mualliflik huquqini buzib jarimaga tortildi

Jamiyat
1
Sevimli TV mualliflik huquqini buzib jarimaga tortildi
Sevimli TV telekanali mualliflik huquqlarini buzganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortilib, jarimaga tortildi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Bu holat telekanalning o‘z dasturlarida va striming platformalarida musiqiy asarlarni muallifning ruxsatisiz noqonuniy ishlatishi bilan bog‘liq. Mazkur voqea haqida Intellektual mulk agentligi matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda Sevimli TV telekanali muallif R. Xudoyberdiyevning roziligisiz va tegishli shartnoma tuzilmasdan uning musiqiy asarlarini bir qator teleko‘rsatuvlarda ishlatgani aniqlangan.

Bundan tashqari, ushbu asarlar Splay va YouTube kabi mashhur platformalarda litsenziyasiz joylashtirilgan va keng auditoriyaga taqdim etilgan. Aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik kodeksining 177-1-moddasi (Mualliflik va unga aloqador huquqlarni buzish) bo‘yicha ma’muriy protokol tuzildi.

Mirabad tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudining qaroriga ko‘ra, telekanal ushbu moddaning birinchi qismi asosida jarimaga tortildi. 177-1-moddaga muvofiq, bunday huquqbuzarliklar uchun mansabdor shaxslarga 5 dan 10 bazaviy hisoblash miqdorida jarima solinishi mumkin.

Shuningdek, noqonuniy nusxalar, aloqador huquqlar ob’yektlari, ularni tarqatish va ko‘paytirishda foydalanilgan uskunalar hamda boshqa vositalar musodara qilinadi. Qonunchilik muallifga huquqbuzarlik sodir etgan shaxsdan nafaqat zararni qoplashni, balki 20 dan 1000 bazaviy hisoblash miqdorida kompensatsiya talab qilish huquqini ham beradi.

Bu holat mualliflik huquqlarini himoya qilishning muhim qismi hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

Byudjetli Honda City 1000 km dan ortiq yuradi
Byudjetli Honda City 1000 km dan ortiq yuradi
Honda kompaniyasi o‘zining arzon toifadagi City sedanini yangilab, uni 1000 kilometrdan ortiq masofani bir marta yonilg‘i bilan bosib o‘tishga qodir etdi, deb yozadi daily-motor.ru. Yangi gibrid
Avto 11:28, 24-04-2025
Ledi Gaga Braziliyada tarixiy konsert o‘tkazdi: 2 milliondan ziyod muxlis yig‘ildi
Ledi Gaga Braziliyada tarixiy konsert o‘tkazdi: 2 milliondan ziyod muxlis yig‘ildi
3 may kuni mashhur amerikalik pop yulduzi Ledi Gaga o‘zining faoliyatidagi eng katta va eng shov-shuvli konsertlaridan birini Braziliyaning eng mashhur sohili – Rio-de-Janeyrodagi Kopakabanada
Dunyo 13:06, 5-05-2025
1000 km yuradigan Hyundai Palisade yetkazib berilishi kechikmoqda
1000 km yuradigan Hyundai Palisade yetkazib berilishi kechikmoqda
O‘tgan yil oxirida Hyundai yangi avlod Palisade krossoverini taqdim etdi. Ushbu avtomobil 2025-yil boshida Janubiy Koreyada sotuvga chiqarilgan va ayrim modifikatsiyalari darhol taqchillikka
Avto 03:16, 1-03-2025
AQSH «Oltin karta» dasturini ishga tushirdi: Bir kunda 1000 ta karta sotildi
AQSH «Oltin karta» dasturini ishga tushirdi: Bir kunda 1000 ta karta sotildi
AQSH Savdo vaziri Hovard Lyutnik bir kun ichida 1000 ta «Oltin karta» sotilganini ma’lum qildi. Bu karta egalariga Qo‘shma Shtatlarda doimiy yashash huquqini va kelajakda Amerika fuqaroligini olish
Dunyo 09:28, 23-03-2025
“Qamchiq” dovonidagi vaziyat: 1000 nafarga yaqin kishi turli boshpanalarga joylashtirildi
“Qamchiq” dovonidagi vaziyat: 1000 nafarga yaqin kishi turli boshpanalarga joylashtirildi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi vodiy dovonidagi vaziyat sabab mingga yaqin kishi Angren shahridagi muassasalarga joylashtirilganini ma’lum qildi. “Qamchiq” dovonida noqulay sharoitda qolgan
Jamiyat 23:32, 7-03-2025