Bugun
David Saley Buker mukofotini “Tana” romani bilan qo‘lga kiritdi
+14°
дымка ветер 1 м/с, Ю

Samarqandda uch kunlik palov festivali boshlanadi

Jamiyat
95
Samarqandda uch kunlik palov festivali boshlanadi
1-3 avgust kunlari Samarqand shahrining turli joylarida "Samarqand palovi" festivali o‘tkaziladi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Bu haqda "Sputnik O‘zbekiston" axborot agentligi viloyat Turizm boshqarmasi boshlig‘i Jurabek Suyunovga tayanib xabar berdi. Festival dasturida 200 dan ortiq oshpazlar ishtirok etib, 20 dan ortiq turdagi palovlar tayyorlanadi.

Shuningdek, oshpazlik bo‘yicha mahorat darslari, turli mamlakatlarning milliy taomlari namoyishi, hunarmandchilik va sharq shirinliklari ko‘rgazmalari ham tashkil etiladi. Madaniy va ko‘ngilochar tadbirlar ham rejalashtirilgan.

Festivalning asosiy voqeasi "Abadiy shahar" bog‘ida 7 tonna Samarqand palovi tayyorlanishi bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, ilgari Toshkent shahrida pivo festivali o‘tkazilgan, Namanganda esa gul festivali yana ikki hafta davom ettirilgan.

👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar