Bugun
Xitoyda narxlar oshdi, talab sust bo‘lib qolmoqda
+4°
туман ветер 2.1 м/с, В

Zangiotada Urikzar bozori elektr uzilishi sabab yopildi

Jamiyat
16
Zangiotada Urikzar bozori elektr uzilishi sabab yopildi
Ijtimoiy tarmoqlarda "Urikzar" qurilish bozori yopilgani haqida ma’lumot tarqaldi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, bozor kutilmaganda elektr energiyasi uzilishi sabab yopilgan. Videoda bozor hududiga odamlar kiritilmayotgani aytilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, bu avariya Toshkent viloyati, Zangiota tumanida yuz bergan. Hozirda hududda tarmoq xodimlari ta’mirlash va tiklash ishlarini olib bormoqda.

Hozircha bozoring qayta ochilishi qachon bo‘lishi haqida ma’lumot yo‘q. Shuningdek, videoning qachon olingani ham noma’lum.

Rasmiy idoralar bu masalaga hozircha izoh bermagan. Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar e’lon qilinishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar