Bugun
O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 4,9 foizga tushdi
+19°
ясно ветер 2.1 м/с, З

Chilonzorda quruq o't va shox-shabbalar yondi, yong‘in tezda o‘chirildi

Jamiyat
13

Chilonzorda quruq o't va shox-shabbalar yondi, yong‘in tezda o‘chirildi
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmatidan ma’lum qilinishicha, 11 iyul kuni soat 18:05 atrofida Chilonzor tumani, 3-mavze, 1-uy yaqinida quruq o't va shox-shabbalar yonishi haqida xabar kelib tushgan. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Voqea joyiga yetib borish uchun yong‘in-qutqaruv xizmatlari jamoasi 7 daqiqada yetib bordi va zudlik bilan yong‘inni o‘chirish ishlarini boshladi. Yong‘inni o‘chirish bo‘yicha olib borilgan tezkor va samarali harakatlar natijasida soat 18:23 da olov butunlay bartaraf etildi.

Yong‘in natijasida ochiq maydonda daraxtlarning tanalari va shoxlari biroz kuygan. Shuningdek, issiqlik ta’sirida “Lacetti” va “Spark” markali avtomobillarning yon tomonlari zarar ko‘rgan.

Voqea sababli hech kim jarohatlanmagan. Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni yanada kuchaytirishni davom ettirmoqda.

👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar