Bugun
HY101/102 reysining kechikishi haqida aniqlik berildi
+29°
ясно ветер 2.1 м/с, Ю

Poytaxtda taksi haydovchisi qizni kaltakladi

Jamiyat
11
Poytaxtda taksi haydovchisi qizni kaltakladi
Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtda taksi haydovchisi qizni kaltaklagani haqida ma’lumot tarqaldi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Ushbu xabar Facebookdagi yirik guruhlarda e’lon qilindi. Jabrlangan ayol zo‘ravonlik voqeasini o‘zi hikoya qildi.

Qizning aytishicha, uning ish joyiga eshikdan eshikka xizmat ko‘rsatadigan taksi orqali buyurtma berilgan. Haydovchi ofisga chiqishni rad etib, mijoz o‘zi tashqariga chiqishini talab qilgan.

Ofis xodimlaridan biri tashqariga chiqqanida, haydovchi unga baqirib gapirgan. Qiz buyurtma to‘lanmaganini bilmagan va o‘zida pul bo‘lmagan.

Jabrlangan shaxs haydovchidan ofisga chiqib pulni olishni so‘ragan, biroq u uni qo‘lidan ushlab silkitgan, so‘ng qo‘llarini sindirishga uringan va posilkani tortib olgan. Jabrlangan ayol voqea yuzasidan ariza yozganini ma’lum qildi.

Yandex.Taksi matbuot xizmatidan UPL muxbiriga ushbu holat bo‘yicha izoh berildi. Ular vaziyatdan xabardor ekanliklarini, agressiv xulq-atvor qabul qilib bo‘lmasligini ta’kidladi.

Hozirda ushbu haydovchi buyurtmalardan chetlashtirilgan. Ichki tekshiruv olib borilmoqda va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yordam berishga, shuningdek, rasmiy so‘rovnoma asosida zarur ma’lumotlarni taqdim etishga tayyor ekanliklari bildirildi.

O‘xshash yangiliklar

Kingdom Come: Deliverance 2 250 mingdan ortiq oʻyinchi bilan rekord yangiladi
Kingdom Come: Deliverance 2 250 mingdan ortiq oʻyinchi bilan rekord yangiladi
8-fevral kuni Kingdom Come: Deliverance 2 Steam’da 230 ming foydalanuvchi bilan onlayn rekordini oʻrnatdi. Ammo oradan bir kun oʻtib, bu natija yangilandi. Endi yangi rekord 252 490 nafar bir
Texnologiya 20:38, 9-02-2025
Cobalt uchun shartnoma olish rasman ochildi
Cobalt uchun shartnoma olish rasman ochildi
Cobalt uchun shartnoma olish boshlandi: Driver's Village'da Midnight pozitsiyasiga (4 pozitsiya) shartnoma rasman ochdi. UzAuto Motors rasmiy avtosalonl orqali Cobalt shartnoma olish
Avto 19:30, 28-04-2025
Yandex ilovalarida svetoforlar real vaqt rejimida ko‘rinadi
Yandex ilovalarida svetoforlar real vaqt rejimida ko‘rinadi
Navigatsiya ilovalarida svetofor chiroqlari endi real vaqt rejimida ko‘rinadi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Yandex kompaniyasining mahalliy jamoasi Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda ushbu
Oʻzbekiston 10:36, 23-07-2025
Alif asoschilari Ayan Capital uchun £25 mln jalb qildi
Alif asoschilari Ayan Capital uchun £25 mln jalb qildi
Alif fintech kompaniyasi asoschilari o‘zlarining yangi loyihasi — Ayan Capital uchun xalqaro kredit tashkiloti "Partners for Growth (PFG)"dan 25 million funt sterling miqdorida
Iqtisodiyot 20:17, 8-04-2025
Yandex Toshkentda svetoforlarni raqamlashtirishni sinamoqda
Yandex Toshkentda svetoforlarni raqamlashtirishni sinamoqda
Yandex O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi ko‘magida shahar ichidagi harakatni yanada tushunarli va xavfsiz qilish maqsadida yangi tizimni sinovdan o‘tkazishni boshladi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.
Avto 21:38, 24-07-2025