Bugun
Hindiston va AQSh savdo kelishuvi nega to‘xtadi?
+3°
ясно ветер 2.1 м/с, СВ

Toshkentda urug‘lik korxonada yong‘in bartaraf etildi

Jamiyat
19
Toshkentda urug‘lik korxonada yong‘in bartaraf etildi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatidan ma’lum qilinishicha, 11 iyul kuni soat taxminan 03:15 da Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi Usta Shirin ko‘chasida joylashgan urug‘lik ishlab chiqarish korxonasida yong‘in yuzaga kelgan. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Hodisa joyiga 5 daqiqa ichida favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari yetib borib, yong‘inni o‘chirish ishlarini boshlagan. Soat 04:06 da yong‘in nazoratga olingan, soat 04:14 da esa butunlay bartaraf etilgan.

Yong‘inni o‘chirishda 12 ta yong‘in-qutqaruv guruhi va 2 ta maxsus yordamchi texnika ishtirok etgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Yong‘inning sabablari va moddiy zararning miqdori hozirda aniqlanmoqda. Ushbu holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi.

O‘xshash yangiliklar