Bugun
Gravina Milan-Bologna uchrashuvida hakam xatosini tan oldi
+29°
небольшая облачность ветер 6.2 м/с, З

O‘zbekistonda boshqaruvda 26 mlrd so‘m talon-toroj qilindi

Jamiyat
11
O‘zbekistonda boshqaruvda 26 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uylarni boshqaruvchi tashkilotlarda moliyaviy mablag‘larni talon-toroj qilish holatlari keng ko‘lamda aniqlangan. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Yil boshidan buyon 83 ta bunday tashkilotda majburiy to‘lovlar o‘g‘irlanganligi qayd etilgan bo‘lib, talon-toroj qilingan summa 26 milliard so‘mga yaqinlashmoqda. Ushbu holatlar bo‘yicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirilgan.

Qurilish va kommunal xizmatlar vazirining o‘rinbosari Ozoda Juraeva ma’lum qilishicha, o‘tgan olti oy davomida 417 ta boshqaruvchi organ faoliyati monitoringdan o‘tkazilgan. Tekshiruv natijasida 83 ta tashkilotda majburiy to‘lovlar mablag‘larini talon-toroj qilish holatlari aniqlangan va jami 25,9 milliard so‘m miqdorida zarar ko‘rilgan.

Bundan tashqari, 158 ta boshqaruvchi organ ma’muriy jarimalarga tortilib, jami 587 million so‘m jarima undirilgan. Qolgan boshqaruvchi organlarga esa aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berilgan.

Vazir o‘rinbosari shuningdek, boshqaruvchi tashkilotlarning mas’ul shaxslarini javobgarlikka tortish uslubi o‘zgarganini ta’kidladi. Ilgari ular yilda bir marta ma’muriy javobgarlikka tortilsa, hozir esa har bir aniqlangan qoida buzilish uchun alohida choralar ko‘riladi.

Bu o‘zgarishlar nazoratni kuchaytirish va boshqaruv sohasida intizomni oshirishga qaratilgan bo‘lib, kelgusida noqonuniy amaliyotlarning oldini olish va aholining mablag‘laridan shaffof foydalanishni ta’minlashga xizmat qiladi.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Ozoda Nursaidovani klipi jarayonida jarohat olgan aktrisa Turkiyada operatsiya qilinadi
Ozoda Nursaidovani klipi jarayonida jarohat olgan aktrisa Turkiyada operatsiya qilinadi
Ozoda Nursaidovaning klipida suratga tushish jarayonida mashina tagida qolgan Sabrina Jabborova operatsiya uchun Turkiyaga olib ketilishi ma’lum qilindi. Bu haqda aktrisaning o‘zi Instagram
Jamiyat 23:34, 14-03-2025
Ozoda Nursaidovaning klipi syomkasidagi aktrisa voqeasi. Aslida nima bo‘lgandi?
Ozoda Nursaidovaning klipi syomkasidagi aktrisa voqeasi. Aslida nima bo‘lgandi?
Ijtimoiy tarmoqlarda 22 yoshli aktrisa Sabrina Jabborova Ozoda Nursaidovaning “Dilbarim” klipi suratga olish jarayonida avtomobil urib ketishi oqibatida nogironga aylangani haqida xabarlar tarqaldi.
Jamiyat 21:26, 12-03-2025
Ozoda Nursaidova Sabrina Jabborovaning Turkiyadagi operatsiya xarajatlarini pinhona tarzda to‘lab qo‘ydi (video)
Ozoda Nursaidova Sabrina Jabborovaning Turkiyadagi operatsiya xarajatlarini pinhona tarzda to‘lab qo‘ydi (video)
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, mashhur xonanda Ozoda Nursaidova insonparvarlik yuzasidan yana bir saxovatli ishga qo‘l urdi. U hech kimga bildirmasdan, avtohalokatga uchragan aktrisa
Jamiyat 12:00, 1-04-2025
Faraday Future FX 4: Tesla Model Y'ga raqobatchi yangi elektromobil
Faraday Future FX 4: Tesla Model Y'ga raqobatchi yangi elektromobil
Faraday Future kompaniyasi o'zining yangi FX 4 elektromobilini taqdim etdi, deb auto.mail.ru xabar berdi. Ushbu yangi krossover Tesla Model Y'ga raqobatchi sifatida ko'rilayotgan
Avto 06:36, 4-06-2025
Rob Holding “Kolorado Rapids” bilan bir yarim yillik shartnoma tuzdi
Rob Holding “Kolorado Rapids” bilan bir yarim yillik shartnoma tuzdi
MLSning “Kolorado Rapids” klubi markaziy himoyachi Rob Holding bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida Euro-football.ru xabar berdi. Bu haqda jamoaning rasmiy saytida xabar berildi. 29 yoshli ingliz
Sport 01:03, 4-08-2025